Breaking News

Afg’onistonda o'tgan yilgi saylov natijasi endi aniqlashdi


Abdulla Abdulla va Ashraf G'ani
Abdulla Abdulla va Ashraf G'ani

Afg’onistonda 2019-yili 28-sentabr kuni o’tkazilgan prezident saylovining yakuniy natijalari e’lon qilindi. Mustaqil saylov komissiyasiga ko'ra, hozirgi prezident Muhammad Ashraf G’ani g’olib.

Lekin ikkinchi o’rinni egallagan Abdulla Abdulla saylov natijlarini tan olmaslikni bildirdi. Unga ko’ra, natijlalar soxtalashtirilgan.

Saylov natijalari e’lon qilinar ekan, Ashraf G’ani barchani hamkorlikka taklif etdi.

“Raqobat va dushmanlik vaqti tugab bo’ldi, xalqqi xizmat qilish uchun birlashish kerak”,- dedi u.

Lekin Abdulla Abdulla e’lon qilingan natijalarni “demokratiyaga qarchi to’ntarish” deya keskin e’tiroz bildirdi. U o’zini saylov g’olibi deya e’lon qildi.

“Soxtakorlar tarix yuzqarolaridirlar, biz barchani o’z ichiga olgan hukumatni tashkil qilamiz”,- dedi Abdulla Abdulla.

Hanuzgacha xorijiy davlatlarning hech biri Ashraf G’anini saylov g’alabasi bilan tabriklagani yo’q.

Bu orada Tolibon ham Afg’oniston prezident saylovi natijalariga munosabat bildirdi.

“Ashraf G’anining yana bir karra prezident deb e’lon qilinishi olib borilayotgan sulh muzokaralari mazmuniga qarshi”,- deydi Tolibon guruhi so’zlovchisi Zabihulla Mujohid.

AQSh-Tolibon bir yildan beri tinchlik muzokaralarini olib bormoqda. Tolibon guruhi yaqin kunlarda kelishuv bitimi imzolanishini bildirgan.

“Xorijiy askarlarning Afg’onistonni butkul tark etishi bo’yicha kelishuv imzolanishi bilan afg’onlar o’rtasidagi bevosita muzokalar boshlanadi”,- deydi Tolibon guruhining Qatardagi delegatsiyasi so’zlovchisi Suhayl Shohin.

Kobulda toliblar bilan muzokaralarni boshlash bo’yicha yakdillik yo’q. prezident Ashraf G’ani siyosiy guruhlar himoyasini qozona olmayapti.

Zo’ravonliklarni bir haftacha kamaytishi bo’yicha kelishilgan bo’lsa-da, urush maydonlarida hali ham jang davom etmoqda.

Ko’pchilik prezident saylovi natijlari bekor qilinib toliblar ishtirokida yangi hukumat tashkil qilinishi taxmin qilar edi. Lekin, aksincha prezident saylovining yakuniy natijlari e’lon qilinib bo’ldi.

Afg’onistonni yangi siyosiy tortishuvlar kutmoqda.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG