"Bu murojaatni sizga uyimdan qilayapman, chunki o’zim va hamkasblarim, tashkilotimiz xodimlari hozir asosan uydan turib ishlamoqda. Maqsad koronavirus tarqalmasligi uchun iloji boricha harakat qilish. Salomatlik – eng muhimi.
Jurnalistlarimiz va ijodiy jamoamiz sog’lig’i va xavfsizligi qanchalik dolzarb bo’lmasin, biz axborot berishda davom etamiz – ishonchli, faktlarga asoslangan, xolis xabarlarni. Sizning hayotingiz uchun ahamiyat kasb etadigan mavzularni yoritaveramiz.
Favqulodda vaziyatga qaramay dasturlarimizni davom ettirayapmiz. Efirdamiz va tun-u kun internetda informatsiya uzatayapmiz. Lekin ayrim hollarda ba’zi ko’rsatuvlarimiz va eshittirishlarimiz tartibi sal o’zgarishi mumkin. Bu borada ham sizni xabardor etib turamiz.
Sizga va oilangizga sihat-salomatlik va omad tilaymiz! Muxlisimiz ekaningiz uchun katta rahmat! Biz shu yerdamiz."
Facebook Forum