Breaking News

Koronavirus: bo'shab qolgan savdo majmuasiga sayohat


Koronavirusning AQSh bizneslariga ta'siri
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:00 0:00

Koronavirus pandemiyasi boshlangandan beri Amerikada insonlarning kundalik hayot tarzi izdan chiqdi. Ko’plab shtatlarda aholining ko’chaga chiqishi taqiqlandi. Restoranlar, ko’ngilochar maskanlar kabi iqtisodiyotning muhim qismi bo’lgan kichik bizneslar majburan yopildi yoki mijoz yo’qligi uchun o’z faoliyatini to’xtatishga majbur bo’ldi. Poytaxt Vashington yaqinidagi ulkan savdo majmuasi ham bugun bo’sh.

Koronavirus tufayli poytaxt Vashington ham biznes uchun yopiq shaharlar ro’yxatiga qo’shildi. Restoranlar, sport zallari, kinoteatrlar, umuman, odam yig’iladigan har qanday biznes turi shahar meri buyrug’i bilan o’z faoliyatini rasman to’xtatdi.

Ko’chalarda odam siyrak. Hamoat transporti dam olish va bayram kunlari tartibida ishlamoqda.

Poytaxtga tutash Virjiniya shtatida bizneslarni yopish haqida buyruq chiqmagan, ammo bir paytda 10 kishidan ortiq mijozga xizmat ko’rsatish mumkin emas. Bu esa restoran, zport zali kabi bizneslar ishini deyarli imkonsiz holatga keltirgan.

Yilning istalgan mavsumida odamlar bilan gavjum bo’ladigan savdo majmualari bugun bo’m-bo’sh.

Virjiniyaning Taysons Korner shaharchasidagi savdo markazi Shimoliy Virjiniya va Vashington-Baltimor mintaqasidagi eng katta do’konlar majmuasi hisoblanadi.

Kunlar isib, savdo avjiga chiqishi lozim bo’lgan hozirgi paytda markaz faoliyati deyarli to’xtagan. Do’konlar rasman yopilmagan bo’lsa-da, aksariyatining eshiklariga qulf osilgan. Chunki mijoz yo’q yoki koronavirusga qarshi kurash doirasida ixtiyoriy ravishda o’z ishini to’xtatgan.

Eng ko’p yo’qotishga uchrayotgan biznes turi bu ovqatlanish shoxobchalari.

Restoranlar yangi voqelikka qanday ko’nikmoqda?

“Biznesga kelsak, shubhasiz, ilgarigidek emas. Lekin eshiklarimiz ochiq. Mehmonlarimizga xizmat ko’rsatishga harakat qilyapmiz. Bir paytda o’nta odamdan ortiq mijozga xizmat ko’rsatmaslik haqida buyruq keldi. Eshik oldida turib, shu tartib buzilmasligi uchun odamlar sonini sanashga majburmiz”, - deydi “Seasons 52” restorani egasi Deyn Skot.

Barchani bir savol o’ylantirmoqda. Bu holat yana qancha davom etadi? Mutaxassislarga ko’ra, koronavirus pandemiyasi va unga qarshi odamlar harakatini cheklovchi choralar kamida 2-3 oy va hatto bir yilgacha cho’zilishi mumkin.

Bu nafaqat insonlar hayot tarzini o’zgartirib yuboradi, balki kichik bizneslarning yashab qolishini savol ostiga qo’yadi. Agar ular kasodga uchrasa, millionlab odamlar o’z ishini yo’qotadi va natijada Amerika iqtisodiyoti turg’unlikka yuz tutishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Behzod Muhammadiy

    Behzod Muhammadiy AQShning Shimoliy Karolina universitetida jurnalistika bo'yicha tahsil olgan. Ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy mavzularda yuzlab maqolalari bilan nom qozongan. 

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG