Breaking News

O'zbekiston: Xorijdagi fuqarolarimizni vatanga qaytaramiz


O'zbekiston xorijdagi vatandoshlarini qabul qilyaptimi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:34 0:00

16 mingdan oshiq o’zbekistonlik xorijdan vatanga qaytishni kutmoqda. O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga ko’ra, bu ro’yxat kengayishi mumkin.

Koronavirus tahdidi tufayli hozirgacha xorijdan O’zbekistonga olib kelingan fuqarolar soni 8 mingga yaqinlashgan. Xorijdagi fuqarolarni qaytarish bo’yicha bir qator davlatlarda vaziyat tarangligicha qolmoqda.

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xorijdan olib kelinayotgan ayrim fuqarolar hukumat choralarini qadrlamayotganidan norozilik bildirdi.

Koronovirus pandemiyasi tahdidi bois O’zbekiston xalqiga navbatdagi murojaat bilan chiqqan Prezident Mirziyoyev vaziyatning og’irlashishi ehtimolidan, faqat favqulodda holatda ishlabgina bu baloni yengib o’tish mumkinligidan ogohlantirdi.

O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuotda, ijtimoiy tarmoqlarda O’zbekiston o’z fuqarolarini mamlakatga kiritmayotgani, xususan, O’zbekistonning Qozog’iston va Qirg’iziston bilan chegaralari yopiqligi haqida tarqalgan xabarlarga izoh berdi.

Vazirlik matbuot kotibi Avazbek Hojimetovning aytishicha, chegaralarda fuqarolarni qabul qilish jarayoni davom etmoqda, O’zbekiston o’z fuqarolaridan voz kechmaydi.

Tashqi ishlar vazirligi xorijdagi fuqarolarni qaytarish bo’yicha Turkiyadagi vaziyat tarang qolayotganini tan olgan.

Ammo xuddi shunday vaziyat Rossiyada ham mavjud ekanligi, o’zbekistonliklar bir necha kundan buyon aeroportlarda yashayotgani aytiladi.

Virus xavfiga doir talablarga ko’ra, xorijdan keltirilayotgan fuqarolar ikki hafta muddatga karantinga joylashtiriladi. Ayni paytda 90 mingdan oshiq fuqaro karantinga olingani, ulardan 20 mingga yaqini turli tibbiyot maskanlarida, qolganlari esa uy sharoitida nazoratda ushlanayotgani xabar qilinmoqda.

O’zbekistonda ham koronavirusdan dastlabki qurbon berilgan.

Sog’liqni saqlash vazirligi Namaganda koronavirusga chalingan 72 yoshli ayol yurak xurujidan vafot etganini ma’lum qildi.

Bu ayni paytga kelib koronavirus bilan kasallanganlar soni 90 ga yaqinlashgan bemorlar orasidagi birinchi o'lim holati. 13 kishining salomatligi og’ir ekani aytilmoqda.

Hukumat virusga qarshi keskin chorlarga qo’l urmoqda. Mamlakat deyarli to'liq karantin holatida. Poytaxt Toshkent yopilishi ortidan shunday chora mamlakatdagi barcha yirik shaharlarga nisbatan ham qo’llandi. Shaharlar o’rtasidagi o’zaro qatnovlar, yuk tashishdan tashqari, to'liq to'xtatilgan.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG