Breaking News

Turkmaniston: Amerika yordami haqidagi xabarlar noto'g'ri


Turkmaniston: AQSh yordam bermagan
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:01 0:00

Turkmaniston: AQSh yordam bermagan

AQSh COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda Turkmanistonga 1 million dollarga yaqin yordam ko‘rsatganini bildirar ekan, Turkmaniston hukumati moliyaviy yordamga doir ko’rsatkichlarni inkor etmoqda.

Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi bayonotida “bir qator ommaviy axborot vositalarida so’nggi 20 yil mobaynida AQSh tomonidan Turkmanistonga millionlab dollar yordam ko’rsatilgani haqida yozilayotgan xabarlar haqiqatga to’g’ri kelmaydi", deya ta’kidlanadi.

AQSh bir guruh fuqarolarini pandemiya bilan bog’liq vaziyat tufayli Turkmanistondan olib chiqishidan so’ng mamlakatdagi elchixona o’zaro hamkorlikka oid ma'lumot tarqatgan edi.

Unda AQSh elchixonasi hamkorlik uchun Turkmaniston hukumatiga minnatdorchilik bildirib, bayonotga ko'ra, Vashington koronavirusga qarshi kurash uchun Turkmanistonga 920 ming dollar ajratgan va so’nggi 20 yilda Amerikaning respublikaga ko’rsatgan iqtisodiy yordami 201 million dollarni tashkil etgan.

Turkmanistonga ko’ra esa AQShning moliyaviy yordamiga doir ko’rsatkichlar noto’g’ri. Turli sohalardagi o’zaro hamkorlik loyihalarini buyurtmachi sifatida Turkmaniston o'z hisobidan amalga oshirgan.

Turkmanistondagi so’nggi vaziyat ancha og’ir. Xorijdagi turkman muxolifati mamlakatda oziq-ovqat inqirozi yuz berayotgani, sabri tugagan aholi norozilikka chiqayotgani haqida xabar bermoqda.

Mamlakatda nafaqat koronavirusning nomi, balki jamoat joylarida, oziq mahsulotlari uchun navbatlarda himoya niqoblaridan foydalanish ham taqiq ostida.

Qo’shni davlatlar, jumladan O’zbekiston ko’chaga niqobsiz chiqqanlarni ayovsiz jarimaga tortayotgan bir paytda bu manzara ancha tashvishli ko’rinadi.

Rasman mamlakatda virus qayd etilgani inkor qilingan bo’lsada, hukumat epidemiyaga befarq emas.

Dunyoda koronavirus tahdidi oshar ekan mamlakat yopildi, xorijdan qaytgan, kasallikda gumonlangan fuqarolar 14 kunlik karantinda ushlanadi.

Jahonda ijtimoiy masofa virusga qarshi kurashning asosiy vositasiga aylangan bir paytda turkman hukumati ommaviy tadbirlarni cheklayotgani yo’q, aksincha bunday tadbirlarning tashkilotchisi bo’lib qolmoqda.

8-aprel, Jahon salomatlik kuni munosabati bilan mamlakatda ommaviy sport tadbirlari uyushtirilgan.

Pandemiya xavfi soyasida Turkmaniston rahbari Qurbonguli Berdimuhammedov yetakchiligidagi bu tadbirda minglab turkmanar ishtirok etgan.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG