Breaking News

Talabalar ingliz tili darsliklarini tayyorlashga ko'maklashmoqda


Ingliz tili o'qituvchilari uchun yangi dastur
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:59 0:00

Xalqaro talabalar, odatda, AQSh universitetlariga o’qishga kelishdan oldin o’z mamlakatlarida ingliz tilini o’rganadi. Vashingtondagi Amerika universitetida esa magistratura darajasidagi talabalar muhojirlar uchun ingliz tilini o’rganish dasturini tayyorlamoqda.

Karlos Rozario maktabi 45 yildan beri AQShda ingliz tilini ikkinchi til sifatida o’rgatib keladi. Bu yil maktab xalqaro talabalar tayyorlagan materiallarni ham o’quv dasturiga qo’shmoqda.

“Talabalarning ehtiyojlarini hisobga oldim. Chunki o’zim ham talabaman va ularni bilaman”, - deydi Debora Amidani.

Uzoq yillardan beri ingliz tilini o’rgatib kelgan amerikalik o’qituvchilar va xalqaro talabalar dasturni yanada yaxshilashda bir-biriga yordamchi bo’lishi kutilyapti.

“Boshqa tilda gapiruvchilarga ingliz tilini o’rgatish nafaqat ularga, balki o’zimning tilimni yaxshilashga ham yordam berdi. Dastur davomida o’rganganlarimni endi boshqalarga ham ulashaman”, - deydi yaqinda dasturni tamomlagan Siao Lian.

“Ularning tajribasini, darsda o’rganadigan nazariyalarini eshitish imkoniyatiga ega bo’lamiz va ularni dasturga qo’shamiz”, - deydi o’qituvchi Lindsi Krifasi.

Magistratura talabalarining aytishicha, o’zlari tayyorlagan dars rejalarini sinfxonada sinovdan o’tkazish ingliz tili o’qituvchisi sifatidagi karyeralarini ishonch bilan boshlashga yordam beradi.

“Hozir o’quv materiallarini tayyorlashni bilamiz. Endi nafaqat ingliz tili o’qituvchisi bo’lish, balki ta’limning boshqa sohalarida ham ishlashimiz mumkin. Darsliklar yaratishimiz mumkin. Xullas, yangi imkoniyat eshigi bu”, - deydi Debora Amidani.

Amerika universiteti professorlari va Karlos Rozario maktabi o’qituvchilari bir masalada yakdil. Ish bozoriga qo’shilayotgan bo’lajak mutaxassislarga amaliy ko’nikma berish nafaqat o’qituvchilarning o’ziga, balki umuman ta’lim sohasiga katta yordam bo’ladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG