Breaking News

USAID Sardoba jabrdiydalariga yordam berishga tayyor


AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) o'tgan hafta Sirdaryo viloyatida Sardoba suv ombori ochilib ketishi sabab jabr ko'rgan aholiga hamdardlik bildirdi.

Agentlik rahbari Jon Barsaga ko'ra, USAID O'zbekiston xalqiga yordam berishga tayyor. Barsaning o'rinbosari Bonni Glik ham "Twitter" tarmog'ida buni tasdiqladi.

Agentlik O'zbekistonda asosan uch yo'nalishda ishlab keladi: demokratik rivojlanish va boshqaruv, iqtisodiy taraqqiyot va salomatlik.

Agentlik O'zbekistonga koronavirusga qarshi kurash yo'lida ham yordam ko'rsatgan. USAID - AQSh tashqi, noharbiy, insonparvarlik yordamini yetkazuvchi organ.

O'zbekistonga o'tgan 20 yil ichida 1 milliard dollardan oshiq ko'mak ko'rsatilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG