Breaking News

Vashington choyxonasi: Sardoba O'zbekiston uchun qanday saboq bo'ldi?


1-may kuni ertalab soat 6 lar atrofida Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida fojia yuz berdi. To’g’oning bir qismi o'pirilib, Sirdaryo viloyatining uchta tumanini, hatto qo’shni Qozog’istonning Turkiston viloyatini suv bosgan.

Natijada O’zbekistonda kamida 70 ming, Qozog’istonda esa, turli manbalarga ko’ra, 5 mingdan 30 minggacha bo'lgan aholi evakuatsiya qilingan. Turar-joylar, ekinzorlarga katta zarar yetgan. Kamida 4 kishi halok bo'lgan, ikki kishi bedarak yo'qolgan. Ba’zi manbalar moddiy zarar miqdorini bir milliard dollargacha ekanini taxmin qilmoqda.

Fojiaga kim yoki nima aybdor? Undan O'zbekiston o'ziga qanday xulosa va saboqlar chiqardi? Bunday falokat qayta ro'y bermasligi uchun jamoatchilik hukumatdan nimalarni umid qilmoqda?

Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Xalq kengashi sobiq deputati va qurilish bo'yicha mutaxassis Kobul Dusov hamda bloger va jurnalist Nozim Safarov bilan shu mavzuda suhbatlashdik. Muloqotimizni quyida tomosha qiling.

Vashington choyxonasi: Sardoba fojiasida kim aybdor?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:45:12 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG