Breaking News

Koronavirus tufayli janoza marosimlari internetga ko'chmoqda


Onlayn janozalar
Iltimos, kuting...
Embed

No media source currently available

0:00 0:02:51 0:00

Koronavirus pandemiyasi diniy marosimlarni ham o’zgartirib yubordi. Amerikada hatto janoza yig’inlari onlayn o’tmoqda.

Oilada kimdir vafot etsa, odatda, odamlar janoza marosimiga yig’iladi. Hozir esa bunday tadbirlar “Zoom” kabi onlayn saytlarga ko’chmoqda.

“Dafn marosimlari, xotira tadbirlari, yettilik kabi marosimlar “Zoom” orqali bo’lyapti. Odamlar yig’ilib, o’z ta’ziyalarini izhor qilmoqda”, - deydi yahudiylar ruhoniysi Josi Hadson.

Hadson jamoasi a’zolaridan biri yaqinda onasidan ayrilib qoldi. U o’g’li va oilasini olib janozaga borish uchun Nyu-Yorkka uchishga qaror qildi.

“Ammo doktorim, singlim, jiyanim va hatto Nyu-Yorkdagi ruhoniy ham jinnimisan, dedi. Demak, yo judayam jasurman yoki ahmoqman”, - deydi Skot Mauro.

So’ng oila janozada uzoqdan turib qatnashdi.

“Los-Anjelesdan turib jiyanimning “iPhone”i orqali marosimda ishtirok etdik”, - deydi Skot.

Musulmonlar ham vaziyatga moslashmoqda. COVID-19 bilan zararlangan jasadlar yuvilmayapti, deydi minneapolislik imom.

“Yuvish o’rniga tayammum qilyapmiz, ya’ni quruq qo’l bilan. Jasadni maxsus matoga o’rab, ustidan chang yoki quruq qo’l bilan ishqalaymiz. Suv bo’lmaganda shunday qilish mumkin”, - deydi shayx Abdusalom Adam.

Koronavirusdan o’lim holatlari ko’payishi ortidan Rim papasi Fransisk janoza uylarida xizmat qilayotgan xodimlar haqqiga duo qildi.

Virus barcha din vakillarining ibodatlarini o’zgartirib yubordi.

Uzoqdan bo’lsa ham, aza tutish ko’pchilik uchun muhim.

“Onlayn marosimda 100 dan ortiq odam qatnashdi. Yolg’izlik ortidan shuncha odamni ko’rish ko’ngilga taskin berdi”, - deydi Skot.

“Yaqinini boy bergan odamlarga qilishimiz mumkin bo’lgan eng katta hadya bu ular sevgan inson haqida yaxshi xotiralarni so’zlab berish. Shu bois odamlardan “Zoom”, “Skype”, “Facetime” yoki elektron pochta orqali xotiralarini bo’lishishni so’raymiz”, - deydi ruhoniy Josi Hadson.

Yolg’izlik va aza paytida bunday xotiralar odamlar qalbiga malham bo’ladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG