Nyu-yorkda immigratsion advokat Julia Lovenfildga ko’ra, AQShga ko’chmoqchi bo’lgan o’zbekistonlik oilalar kutishga majbur, jumladan Amerikada doimiy yashash va ishlash imkoniyatini beruvchi grin-kartani lotereya orqali yaqinda yutganlar ham. Tramp ma’muriyati qator cheklovlar qatorida AQShda siyosiy boshpana so’rash tartibini ham o’zgartirdi. Advokat Lovenfild Prezident Trampning so’nggi oylarda immigratsiya borasida chiqargan farmonlari va ularning amaliy ta’sirini “Amerika Ovozi”ga sharhlab berdi.
Cheklovdan maqsad
Bugungi kunda Tramp ma’muriyatining asosiy nishoni - amerikaliklarning ish o’rinlarini egallashi mumkin bo’lgan qatlamdagi odamlar. Shu bois prezidentfarmonining bir necha sahifasi Tramp ma’muriyati nima uchun ushbu choralarni amalga oshirayotganining izohiga bag’ishlangan. U yerda jiddiy tushuntirish keltirilgan bo’lib,jumladan mamlakatda ishsizlik keskin oshib ketgani, 300-400 foizgacha oshgani, juda ko’p odamlar ish joylarini hamon yo’qotishda davom etishayotgani, mamlakatda iqtisodiy inqiroz vujudga kelgani va shuning uchun ma’muriyat ushbu chorani qo’llayotgani aytilgan.
Cheklanganlar
Xo’sh qanday choralar qo’llanmoqda? Xususan 22-iyunda chiqarilgan farmon asosida xorijlik immigrantlarga AQShga kelish va Amerika mehnat bozorida ishlash huquqini beruvchi barcha turdagi vizalar berilishi to’xtatilgan. Aytish joizki, bular asosan yuqori malakali, ma’lumoti bor, ko’pincha amerikaliklar orasida uchramaydigan maxsus ko’nikma va bilimga ega odamlar.
Ishchi vizalari berilishi oliy ma’lumotlilar qatori o’rta ta’lim olganlar uchun ham to’xtatilgan. Bular H1B- H2B. Va albatta ularning oila a’zolari, shu jumlada turmush o’rtoqlari va farzandlari uchun ham. Talabalar almashinuviga mo’ljallangan vizalar berilishi ham to’xtatilgan. Negaki, J-1 vizasi asosida keladigan talabalar AQShga kelgach 90 kun davomida oddiy ishlarda, restoranlar, mehmonxona va fabrikalarda ishlashadi. Shuningdek, L vizasini berish ham to’xtatilgan. U biznesmenlarga mo’ljallangan viza. Ular Amerikaga o’z bizneslarini ochish va shu yerda faoliyat ko’rsatish maqsadida keladilar. Agarda ular mamlakat iqtisodiyotiga bir million dollardan ortiq sarmoya kiritishga muvaffaq bo’lishsa grin karta ham olishadi. Aynan ular Tramp ma’muriyatining yangi nishoni bo’lyapti. Ushbu viza cheklovlari joriy yilning 31-dekabriga qadar joriy qilingan.
Bir milliondan oshiq oddiy odamlarga kelsak, ular orasida hujjatsizlar ko’pchilikni tashkil etadi va mazkur vizalarga ularda talab yo’q. Ko’pchilik bu yerda yashab qolish uchun lozim hujjatlarni siyosiy boshpana so’rab, nikoh tuzib, grin karta lotereyasida yutib yoki oilasi bilan birlashish orqali qo’lga kiritadi.
Cheklovlar kimga taalluqli emas?
Mazkur ta’qiq kimlarni qamramaydi? Qo’lida grin kartasi borlarga ta’qiq taaluqli emas. Mazkur qonun, shuningdek, lotereyada grin kartani yutib, AQShga kirish vizasini 22-aprelga qadar olishga ulgurganlarga ham aslo ta’sir qilmaydi. Shuningdek, mazkur ta’qiq grin kartani yutib uni AQSh hududida oladiganlarga ham ta’sir qilmaydi. Masalan shaxs grin karta o’ynagan biroq boshqa viza bilan AQSh hududida bo’la turib yutganligini bilganlar. Ushbu cheklov tartibi yana kimga ta’sir qilmaydi? AQSh fuqarolarining er-xotinlari va 21 yoshgacha bo’lgan farzandlariga. Demak, agarda siz AQSh fuqarosi bo’lsangiz hamda er yoki xotiningizni va 21 yoshgacha bo’lgan farzandlaringizni AQShga olib kelmoqchi bo’lsangiz xuddi avvalgidek ularni olib kela olasiz.
Sayyohlar vizasi keyingimi?
Sayyohlik vizasi bilan hamon Amerikaga kelish mumkin, ammo yangi qonunda shunaqa maxsus qo’shimchasi borki unga ko’ra 30 kundan so’ng ma’muriyat, yangi takliflarni kiritadi va bu gal u no-immigratsion vizalarga taaluqli bo’ladi. Kecha faqatgina ishchi vizasi xususida gap ketayotgandi. 22-aprelgacha ma’muriyat grin kartalarni berishni to’xtatgandi. Bir oydan keyin bizni yana yangi farmon kutyapti u mehmonlar borasida. Oqibatda nima qolyapti? Bularning barchasi vaqtincha choralar, shuning uchun talvasaga tushish kerak emas. Vahimaga tushgan bilan ish bitmaydi. Ma’muriyat bu choralar vaqtincha deb takrorlab kelyapti. Qonun amal qilish muddatiga ega. Bundan tashqari so’nggi besh yilda shuni guvohi bo’lyapmizki, Tramp ma’muriyati qabul qilayotgan har qanday qonunlar ustidan yuqori tururvchi mahkamalarga shikoyat kiritilyapti. Mazkur qonun hatto harakatdan to’xtatilishi ham mumkin. Xuddi bir muddat oldinroq AQSh Oliy Sudi AQShda 2002-yilgacha kelib qolib ketgan yosh bolalarning mamlakatda qonuniy ravishda va barcha haq-huquqlari ta’minlangan holda qolishlari mumkinligini ma’lum qilganidek. Bu yoshlar uchun yaxshi yutuq bo’ldi.
Siyosiy boshpana bo’yicha…
Prezident qarori hammaning e’tiborini o’ziga jalb qilib qo’ydi. Aslida yanada muhim voqea oldinroq, 15-iyun kuni yuz bergandi. Bu hali qonun emas, u bilan ko’pchilik allaqachon tanishgandir. Yana ko’pchilik mazkur suhbatdan keyin u bilan tanishib chiqishi aniq. Bu mavjud tartibga o’zgartirish kiritish taklifi va u 15-iyulda qonunga aylanadi. Bu siyosiy boshpana olish uchun hujjatlarni topshirish qoidalariga o’zgartirish kirirtish xususida. Bu bo’rtirish emas, ammo u millionlab odamlarga ta’sir qiladi.
Siyosiy qochqinlik maqomi bo’yicha... Qoidalar tubdan o’zgargan. U barchani qamragan, ariza berganlarni ham, endi ariza bermoqchi bo’lganlarni ham, shuningdek yaqin yillarda mahkamalarini kutayotganlarni ham. Endi agarda siyosiy boshpana so’rab ariza topshirgan shaxs AQShga kelgunga qadar 14 kundan oshiq davr davomida boshqa mamlakat hududida bo’lib u yerda boshpana so’ramagan bo’lsa u siyosiy boshpana ololmaydi. Agarda u 2 yoki undan ortiq tranzit davlatlar orqali AQShga uchib kelgan bo’lsa ham siyosiy boshpana ololmaydi. Shuningdek, u endi stereotiplarga asoslangan dalillarni ishlatolmaydi. Masalan, O’zbekistonda mana bunday qonunlar ishlamaydi yoki O’zbekistonda o’zgacha jinsiy oriyentatsiya vakillarini qamashadi kabi standart dalillarni taqdim etib o’ziga nisbatan kimdir tomonidan aniq ta’qib bo’lganligini isbotlolmasa ham avallari boshpana olishardi. Chunki mamlakatda ana shu kabi xunuk holatlar kuzatilgan. Endi bunday yondashuv bekor qilindi va arizachi ilgarigidek qilolmaydi.
Eng muhimi, agarda siz AQShda bir yildan oshiq vaqt davomida yashayotgan bo’lsangiz va siyosiy qochqinlikka ariza bermoqchi bo’lsangiz bunday qilolmaysiz. Ilgari istisnoli vaziyatlar ko’zda tutilgandi. Unga ko’ra, siz 20 yil davomida AQShda bo’lsangiz va qaysidir sabablar bois muayan statusingiz bo’lmasa-da, mamlakatingizda nimadir sodir bo’lib o’zgarish yuz berganiga tayanib bu yerda siyosiy boshpana olsangiz bo’lardi. Cheklanmagan muddat davomida. Bu qoida bekor qilingan. Bu o’zgarish juda ham ko’p odamlarni qamraydi.
O’zbekistondan juda ham ko’p odamlar bu yerga kelishadi va bu yerda nimalar bo’layotganini fahmiga bormaydilar. Hatto siyosiy boshpana so’rashlari uchun ana shu bir yillik muhlat borligini ham bilmaslar. Odamlar immigratsiyaning birinchi yili moliyaviy qiyinchiliklarga uchraydilar. Vaziyatdan foydalanib mutaxassis bo’lmagan ko’pgina maslahatchilar tilni bilmagan va himoyaga muhtoj ana shu qatlamdagi odamlardan foydalanadilar. Ular ko’psonli firibgarlarning o’ljalariga aylanib qolishlari hech gap emas. Ana shular yuz minglab odamlar. Ular oradan bir necha hafta o’tib endi ariza berolmay qoladilar. Shuning uchun bu kabi vaziyatda bo’lgan va o’zlarining kelib chiqishlaridagi mamlakatda ularning hayotlari, sog’liqlari va xavfsizliklariga tahdid mavjudligini bilishsa ular zudlik bilan harakatlarini boshlashlari kerak. O’zlari, oilalari va farzandlarining muammolarini hal etish uchun ularning ixtiyorida bir necha hafta qolmoqda.
Avvalgilarga o’xshamas…
Biz hozir to’rtta har xil blokdagi axborotlar to’g’risida gaplashayapmiz. Umuman olganda shuni bilish zarurki qonun o’zgaryapti.
O’zbekistonliklar o’zlari, yaqinlari va do’stlari uchun quyidagilarni tushunishlari zarur: ishchi vizalar berilishi to’xtatilgan, J-1 talabalar vizasi, L vizalari, shuningdek prezident barcha turdagi immigratsion vizalarni, AQSh fuqarolarining eri,xotini va farzandlaridan tashqari barchaga berishni to’xtatdi. Bular kuni-kecha chiqqan va O’zbekistondan kelganlarga ham tegishli bo’lgan qonun bilan bog’liq muhim jihatlar. H1B ishchi vizasi O’zbekiston holatida juda kam uchraydigan holat sanaladi. Bunday viza oladiganlar bor lekin ularning soni juda kam.
Siyosiy boshpana so’rash ortidan ishlashga ijozat olish tartibi ham endi o’zgargan. Avvallari siyosiy boshpana so’rab murojaat qilib ariza bergandan so’ng oradan bir oy o’tib ishlash huquqini olish uchun murojaat qilishingiz mumkin edi. Qonunga ko’ra bu jarayon 150 kunni egallardi hozir ana shu muhlat 365 kunga cho’zilgan. Undan tashqari juda ko’pchilik bunday so’rov bilan murojaat qilolmaydi ham. Masalan mamlakatga nolegal yo’llar bilan kelganlar, ular ishlash huquqini so’rolmaydi. Bu juda katta o’zgarish. Bu hol ko’pchilikning rejalarini tubdan o’zgartiryapti. Zero, garchi ishlolmaskanlar ularning bu yerga qochib kelishlariga mantiq qolmaydi. Bunday holda ular o’z oilalarini qanday boqadilar? Bu juda ham ahamiyatga ega masala.
Kamida dekabrgacha kutasiz
Oilalarning birlashuvi bilan bog’liq masalaga kelsak, agarda sizda grin karta bo’lsa bu qaror sizga taaluqli emas. Biroq oila a’zosini chaqirib olish masalasida qonunga muvofiq faqatgina AQSh fuqarolariga istisno bor, qolganlar uchun, shu jumladan grin kartasi borlar uchun ham viza berish to’xtatilgan, muzlatilgan. Bu nimani anglatadi? Dekabr oyigacha oilalar bu yerga kelolmaydilar. Bu aniq. Bu jarayon muzlatilgan. Umid qilamizki, uni dekabr oyida yana ochadilar.
Oila a’zolarini keltirishni kutayotganlar juda ko’p.Biz shuni ham bilamizki AQShning Toshkentdagi elchixonasi hammaga ham viza beravermaydi. Bundan tashqari koronavirusgacha bo’gan davr, fevralda chiqqan qaror grin kartani olish uchun moliyaviy ta’minotga oid qoidalarni ancha murakkablashtirgandi. Agarda ilgari shunchaki kimdir tomonidan er yoki xotiningizni ta’minlashga ko’maklashuvchi shaxs tomonidan moliyaviy qo’llov borasidagi qog’oz taqdim qilish bilan ish bitsa hozir bu jarayon murakkablashgan. Fevral oyida mazkur qonun keskin o’zgardi.
Endi moliyaviy ahvolga doir juda ko’plab aniqliklar talab qilinmoqda. Bankdagi hisoblaringiz, kreditlaringiz mukammal tekshirilyapti. Ana shu sababli minglab ishlar Toshkentda tiqilib qolgan. Odamlar avallari bir-ikki yillab kutishayotgandi. Ana endi bu muddat yanada cho’ziladi. Afsuski vaziyat shunaqa. Ikkinchi tomondan olganda har bir bo’layotgan ishlarda qandaydir hikmat bor. Ko’rinishidan O’zbekistonda koronavirus masalasida ahvol yaxshiroq. Biz bu yerda endigina epidemiyadan chiqayapmiz. Bunday vaziyatda mumkin grin karta egalarining xotin va farzandlari quyoshli o’lkada bo’lganlari afzaldir. Va ular bu yerga epidemiya masalasi yechilganda kelishar degan umiddamiz.
Grin karta egasining turmush o’rtogi va farzandlarini AQShga chaqirib olish jarayoni ko’p yillar davomida 2 yilni tashkil etar edi. Lekin o’tgan yil negadir ana shu navbat yo’qoldi. Nega bunday bo’lganini bilmaymiz, ammo yaxshi bo’ldi. Arizani kiritsangiz, masalan turmush o’rtogingiz AQShda bo’lsa ham oila birlashuvi uchun hamda grin karta olish uchun arizalarni bir vaqtning o’zida kiritsa bo’lardi. Agarda xotiningiz O’zbekistonda bo’lsa immigratsion vizani olish uchun lozim hujjatlar paketini juda tez olardingiz. Bu elchixona hujjatlarni tez rasmiylashtirib berishini anglatmasdi, albatta. Elchixona suhbat kunini belgilardi, moliyaviy hujjatlarni tekshirardi. Biroq navbatni kutishlar umuman yo’q edi. Men 22 yildan buyon ishlayapman va bunaqasini birinchi bor ko’rganman. Nimaga bunday bo’lganini tushuntirish qiyin. Lekin shunday bo’ldi va bu juda yaxshi. Hozir esa biz yana avvalgi holatga qaytyapmiz. So’nggi uch oy hamma joy yopiq edi. Fevral va mart oylarida ko’rib chiqishlari kerak bo’lgan immigratsion ishlarni endi yozning o’rtalari mumkin sentyabr oylarida ko’rishni boshlaydilar. Kamida yarim yilga kechikish bo’ladi. Mumkin yarim, bir yilga kechikish kuzatiladi.
Ular ijtimoiy masofani saqlashadi
AQSh hududida bo’lganlarga prezident qonuni ta’sir qilmaydi. Bu istisnoli holat. Ammo, mamlakatda bo’layotgan voqealar ularga ham ta’sir qiladi. Immigratsion idoralar endi ochilyapti va juda sekinlik bilan. Ular ijtimoiy masofani saqlab ishlashi lozim va bunga ular bir kun davomida 4-5 karra kamroq odamni o’tkazish orqaligina erisha oladilar. Olaylik shu yilning yozida suhbatlari belgilangan odamlarning suhbatlari mumkin kuzning so’nggida o’tkazilar, hatto kelgusi yilga ko’chirilar. Immigratsion idoralari va mahkamalardan ishlarni ko’rish sanasini ko’chirishlar borasida har kuni xat-xabarlar olyapman. Ularning ayrimlarini 3 oyga ba’zilarini esa bir- bir yarim yilga kechiktirishyapti.
Facebook Forum