Ozarbayjon va Armaniston chegarasidagi otishmada bir necha askar o'lgan, politsiyachilar va harbiylar jarohatlangan. Halok bo'lgan to'rt kishi Ozarbayjon kuchlari, shuningdek, bu davlatning besh fuqarosi og'ir ahvolda. Armanistonning besh zobiti yaralangan. Otishmada tomonlar bir-birini ayblamoqda.
Voqea ikki davlat orasidagi asosiy mojaro hududi Tog'liq Qorabog'da emas, undan 300 kilometrcha narida, Armanistonning Tavush viloyatida ro'y bergan.
O'q almashish 12-iyulda boshlangan va bir kun davom etgan. Qarshi taraf oradagi sulhni buzib, qurol ishlatgan, degan da'vo har ikki tomondan yangramoqda.
Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyev fikricha, Armaniston hukumati provokatsiyaga berilmoqda.
Yerevandan Bosh vazir Nikol Pashinyan deydiki, Boku qadamini o'ylab bosmasa, mintaqaviy xavfsizlikka raxna soladi va vaziyat izdan chiqadi.
Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti davlatlarni muzokara va murosaga undab keladi.
AQSh zo'ravonlikni qoralab, tomonlar til topishishi uchun yordamlashib, shu paytgacha qilingan harakatlar samara berishi ularning irodasiga bog'liq ekanini eslatmoqda.
Tog'li Qorabog' rasman Ozarbayjon hududida lekin uni armanlar boshqaradi. Mustaqillik e'lon qilgan lekin Boku bunga yo'l qo'ymagan. 1990-yillar boshida qonli urush bo'lib o'tgan.
1994-yilda sulhga erishilgan, biroq Boku Yerevanni bu mintaqa aholisini unga qarshi qayrayotganlikda ayblasa, Armaniston Ozarbayjonni armanlarga zulmda ayblaydi.
Tog'li Qorabog' - strategik hudud, chunki xalqaro neft va gaz quvurlari o'tadi. Aholisi taxminan 140 ming, aksariyati armanlar.
Facebook Forum