Breaking News

Vashington choyxonasi: koronavirus pandemiyasi qachon to'xtaydi?


So’nggi kunlarda O’zbekistonda "Covid-19" virusining tarqalishi kuchayib ketdi. Sog’liqni saqlash tizimi deyarli falajlangani, odamlar virusga qarshi test topshira olmayotgani, tez tibbiy yordam xizmatlari yetib kelmayotgani, aksariyat odamlar davlat yordamidan umidini uzib, uyda mustaqil davolanishga o’tgani xabar qilinmoqda va shu bilan birga o’lim holatlari ko’paygan.

Ayni paytda AQShda ham vaziyat yaxshi emas. Aprel oyi o’rtalarida bir kunda o’rtacha 20-30 ming bemor aniqlangan bo’lsa, hozirga kelib AQShda har kuni kamida 70 mingda yangi holatlar qayd etilyapti.

Pandemiya yana qancha davom etadi? Nega ba'zi davlatlarda u muvaffaqiyatli nazorat ostiga olindi, ammo boshqalarida keskin kuchayishda davom etyapti? Vaksina topilsa, u pandemiyani to'liq to'xtata oladimi? Virusni jilovlash uchun yana nimalar qilish kerak?

San-Fransiskodagi Kaliforniya universiteti professori, virusolog Sharof Tugizov bilan shu haqda suhbatlashdik. Muloqotimizni quyida tomosha qiling.

Vashington choyxonasi: Koronavirusga qarshi vaksina va virusni to'xtatishning boshqa yo'llari
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:46:54 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG