AQSh Markaziy qo‘mondonligi rahbari general Kennet F. Makkenzi bugun Toshkentda Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan muloqot qildi.
Markaziy Osiyo xavfsizligi, Afg'onistonda tinchlikni ta'minlash, terrorizmga qarshi kurash - uchrashuvdagi asosiy mavzular. Harbiy va harbiy-texnik hamkorlik muhokama qilingan.
O'zbekiston - Pentagonning azaliy sherigi. Muloqotda shunga urg'u berilgan. Tomonlar hamkorlikdan mamnun ekanini aytib, uni kengaytirish istagini bayon qilgan.
2001-yilda Amerika Afg'onistonga kirganidan beri Toshkent u yerdagi harbiy amaliyotlarni quvvatlovchi loyihalarga hissa qo'shib keladi, xususan noharbiy tranzit va ta'minot sohasida.
AQSh Markaziy qo‘mondonligi Shimoliy Afrikadan Janubiy Osiyogacha bo'lgan hudud uchun mas'ul, jumladan Markaziy Osiyo.
Facebook Forum