Breaking News

Saylov - 2020: Tramp va Bayden Oliy sud ustida tortishmoqda


Saylov - 2020: Oliy sud bahs mavzusi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:10 0:00

Prezidentlik sayloviga sanoqli kunlar qolar ekan, Donald Tramp demokratlarni mamlakat boshqaruv tizimini o’zgartirishga urinayotganlikda aybladi.

Prezident Donald Tramp va Senatdagi respublikachilar saylov oldidan Eymi Koni Barret nomzodini Oliy sudga tasdiqlatib olishga urinmoqda. Demokratlar bundan g’azabda.

Ba’zi demokrat faollar, agar Jo Bayden va uning partiyasi 3-noyabrdagi saylovlarda g’olib chiqsa, Oliy suddagi o’rinlar sonini ko’paytirishni taklif qilmoqda.

Vitse-prezidentlikka nomzodlar o’rtasida o’tgan bahsda Trampning hamkori Mayk Pens sudga qo’shimcha odam qo’shish bu institut siyosiy mustaqilligiga rahna solishini aytdi.

“Oliy sudni sevsangiz, hokimiyatlar bo’linishini ardoqlasangiz, noyabrda Bayden va Harrisni saylamang. Prezident Donald Trampni qayta saylasangiz, biz hokimiyatlar bo’linishini himoya qilamiz”, - dedi Pens.

Bayden sudyalar sonini oshirish tarafdori emasligini aytgan bo’lsa-da, uning jamoasi bu g’oyani rad etgani yo’q.

Pens bilan bo’lib o’tgan munozarada vitse-prezidentlik uchun Bayden nomzodi Kamala Harris Tramp ma’muriyatini quyi sudlarni konservtiv sudyalar bilan to’ldirayotganlikda aybladi.

“Prezident Tramp appelyatsiya sudlariga tayinlagan 50 ta odamni taniysizmi? Birorta ham qora tanli odam yo’q”, - dedi u.

Respublikachilarning yana bir xavotiri shuki, demokrat qonunchilar Kongressda ko’pchilik o’rinlarni egallasa, prezidentni to’g’ridan-to’g’ri emas, balki saylovchilar hay’ati orqali saylash tizimini bekor qilishga urinishi mumkin. Hozirgi tizim saylovlarda respublikachilarga qo’l kelayotgani aytiladi.

Masalan, 2016-yilgi saylovda Donald Tramp ommaviy ovozlar soni bo’yicha yutqazgan, ammo saylovchilar hay’ati ovozlari hisobiga g’alaba qozongan edi. 2000-yil Jorj Bush bilan ham shunday bo’lgan.

Ba’zi faollar fikricha, Kongressda demokratlar sonini oshirish uchun ikkita hududga shtat maqomini berish kerak: poytaxt Vashington hamda Puerto-Riko orol hududiga.

Puerto-Rikoga shtat maqomini berish taklifini respublikachlar ham qo’llagan.

Tahlilchilar fikricha, tomonlarning murosaani emas, balki bir-birini yengish yo’llarini qidirayotgani demokratiyani tahdid ostiga qo’yadi.

“Demokratiya zaiflashib borayotgan jamiyatlarda shunday bo’ladi. Bu esa bir partiyali demokratiyani yaratishga bo’lgan urinishdir”, - deydi Jorj Vashington universiteti professori Lara Braun.

Bayden o’z navbatida nafaqat demokratlar, balki partiyasizlar va amaldagi ma’muriyatdan norozi respublikachilar ovozini ham olishga urinmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG