O'zbekiston delegatsiyasi bugun ham Vashingtonda qator rasmiylar bilan muloqot qildi. Senator Sodiq Safoyev va respublikaning AQSh va Kanadadagi elchisi Javlon Vahobov Davlat departamentining Ayollar masalalari bo'yicha maxsus elchisi Kelli Kurri bilan uchrashgan.
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi a'zosi, Inson huquqlari milliy markazi rahbari Akmal Saidov esa AQShning Diniy erkinlik bo'yicha maxsus vakili Sem Braunbek bilan gaplashgan.
Ikki davlat, deya bildiradi rasmiylar, xotinq-qizlar taraqqiyoti va jinsiy tenglik yo'lida hamda e'tiqod va vijdon erkinligi borasida birga ishlashda davom etadi.
Yaqinda e'lon qilingan qo'shma bayonotga ko'ra, Toshkent va Vashington BMT doirasida hamda o'zaro yangi loyihalar boshlaydi.
Xotin-qizlarning haq-huquqlarini ta'minlash, ayollarning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy rolini oshirish, ularning butun tizimdagi o'rni va ovozini kuchaytirish, qaror qilishda ularning ham fikr-qarashlari va takliflarini inobatga olish yo'lida Amerika va O'zbekiston birga ishlamoqchi.
Vashington O'zbekistonda diniy erkinlik bobida o'tgan yilarda sezilarli progress kuzatgan. Respublika endi bu masalada AQShning qora ro'yxatida emas. Ammo vaziyatni tuzatish uchun qator tavsiyalar berillgan.
Braunbek va uning idorasi O'zbekistonda qabul qilinishi kutilayotgan yangi qonun xalqaro ekspertlar, jumladan Amerika tomon bergan maslahatlarni ham o'z ichiga oladi degan umidda. Xususan diniy tashkilotlarning osonroq ro'yxatdan o'tishi va erkin ishlashi uchun zamin yaratish, shuningdek, diniy ta'lim olish va diniy adabiyotlardan qo'llanish erkinligini kengaytirish.
Facebook Forum