AQSh Kongressi Vakillar palatasi shu hafta Prezident Donald Trampga qarshi impichment jarayoni bo’yicha ovoz berishga hozirlanmoqda. Kapitoliyga uyushtirilgan qonli xuruj ortidan prezidentni iste’foga chiqarish talablari kuchaygan.
Avvalo, konstitutsiyaga kiritilgan 25-o’zgartirish asosida Vitse-prezident Mayk Pens va hukumatning aksariyat a’zolari prezidentga ishonchsizlik bildirib, uni o’z vazifasini bajarishga noqobil deb topish yo’li bilan Trampni Oq uydan olish ko’zlanmoqda.
“Agar vitse-prezident va Vazirlar mahkamasi bu ishni bajarmasa, Kongress impichmentga hozirlanadi”, - dedi Vakillar palatasi Spikeri Nensi Pelosi.
Zo’ravon namoyishchilarning dorga osish tahdidlariga yo’liqqaniga qaramay, Mayk Pens bu yo’ldan borisihi kutilmayapti. Natijada g’alayon qo’zg’ashga undash aybi bilan Trampga qarshi impichemnt shu haftaning o’zida boshlanishi mumkin.
“Agar bor-budingiz bilan kurashmasangiz, mamlakatingizni boy berasiz”, - degan edi Tramp “Twitter” orqali qilgan bayonotida.
Baydenning inauguratsiyasiga bir hafta qolar ekan, demokratlar shoshilmoqda.
“Hammasi ochiq bo’ldi. Kongressni saylov natijalarini tasdiqlashdan to’sish uchun odamlar ochiq g’alayonga undaldi”, - dedi demokrat qonunchi Ted Lyu.
Tramp ikki marta impichmentga uchragan AQSh prezidenti sifatida tarixga kirishi mumkin.
Trampni yuz bergan voqealar uchun javobgar deb topishni ba’zi respublikachilar ham yoqlayapti.
“Mamalakat o’ziga kelishi uchun eng yaxshi yechim uning iste’foga chiqishi bo’lardi. Keyingisi 25-o’zgartirishni ishga solish”, - dedi respublikachi qonunchi Adam Kinzinger.
Demokratlar impichmentni amalga oshirish uchun yetarli darajada ovozga ega. Vakillar palatasi ayblovni qabul qilib, keyinroq Senatga o’tkazishi kutilyapti. Jarayon Jo Bayden Oq uyda faoliyatini boshlagandan keyin ham davom etishi mumkin.
Facebook Forum