Breaking News

Bayden 1,9 trillion dollarlik rejani e'lon qildi


Prezidentlikka qasamyod marosimiga sanoqli kunlar qolganda Jo Bayden koronavirus pandemiyasi olib kelgan muammolarni bartaraf etishga doir rejani e’lon qildi. Xususan, iqtisodiy inqiroz va vaksinatsiya bilan bog’liq masalalarda aholiga yordam berishga qaratilgan qonun qabul qilinishi lozimligiga urg’u berdi.

“Pandemiya davrida millionlab amerikalik o’z xatosiga bog’liq bo’lmagan holda maoshidan ayrildi”, - dedi Bayden Amerika Najot rejasini e’lon qilar ekan.

Bayden rejasida aholining aksariyatiga 1400 dollardan yordam puli tarqatish, maktablarni xavfsiz holatda ochishni moliyalash va vaksinatsiya bo’yicha milliy dasturni joriy qilish nazarda tutilgan. Shuningdek, ishsizlarga haftalik kompensatsiya to’lovini sentabr oyiga qadar 400 dollarga oshirish taklif etilgan.

Kichik bizneslar, xususan, oq tanli bo’lmagan tadbirkorlar biznesiga yordam berishga urg’u berilgan.

Jo Bayden Amerika Najot rejasini e'lon qilmoqda. Vilmington, Delaver shtati, 14-yanvar, 2021.
Jo Bayden Amerika Najot rejasini e'lon qilmoqda. Vilmington, Delaver shtati, 14-yanvar, 2021.

Yangi parlamentning Vakillar palatasida demokratlar kichik ustunlik bilan nazoratni saqlab qolgan. Senatda respublikachilar bilan teng o’ringa ega demokratlar navbatdagi demokrat vitse-prezident Kamala Xarris hisobiga ustunlikka erishmoqda. Qonun loyihalarining qabul qilinishida demokratlarning imkoniyati yuqori.

Bayden 20-yanvar kunidan boshlanadigan prezidentligining ilk 100 kunida 100 million dona vaksinani yetkazib berish rejasini e’lon qilgan edi. 14-yanvar oqshomida taqdim etilgan navbatdagi rejaga olis hududlarda emlashni amalga oshirishni moliyalash ham kiritilgan.

AQSh hukumati favqulodda holatni inobatga olib ikki hil vaksinani tasdiqlagan edi. Har ikki vaksina ham ikki dozadan qabul qilinishi kerak. Shu kunga qadar 10 million amerikalik birinchi dozani qabul qilib ulgurdi.

Rejadan, shuningdek, koronavirusni aniqlash bo’yicha testlar sonini oshirish, pandemiyaga qarshi kurashni kuchaytirish maqsadida sog’liqni saqlash tizimiga ko’proq ishchi kuchini jalb etish ham o’rin olgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG