Breaking News

Nyu-York shahri hanuz pandemiyadan o'ziga kelgani yo'q


Pandemiya Nyu-Yorkka qanday ta'sir qildi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:31 0:00

2020-yil bahorda Nyu-York AQShning koronavirus pandemiyasiga yo’liqqan birinchi yirik shahri bo’ldi. Yil davomida shahar pandemiyaga qarshi keskin choralar bilan kurash olib bordi.

2020-yil bahorda AQSh va dunyo “hech qachon uxlamaydigan shahar” nomi bilan mashhur Nyu-Yorkning birdaniga bo’m-bo’sh shaharga aylanib qolishiga guvoh bo’ldi.

Tayms maydonida sayyohlar ko’rinmaydi. Ulkan ekranlarda reklamalar o’rnini ogohlantirishlar egalladi.

Shaharning mashhur tomoshachilari ham yangi sharoitga ko’nikdi.

“Odamlar ijtimoiy masofa saqlayapti. Men ham niqob taqim tomosha ko’rsatyapman”, - deydi kiyimsiz kovboy.

Markaziy parkning bir qismida bemorlar uchun chodir tikildi. Shifoxonalar odamlar bilan to’lar ekan, ulkan Jeyvits konferensiyalar zali 2000 o’rinli kasalxonaga aylantirildi.

“Juda zarur bo’lgan bu favqulodda kasalxonani tayyorlashda ajoyib ish ko’rsatgan harbiy muhandislar guruhiga rahmat aytmoqchiman”, - dedi Nyu-York gubernatori Endryu Kuomo.

AQSh dengiz flotiga qarashli tibbiy kema ham Nyu-Yorkda bir necha hafta mingdan ortiq bemorga xizmat ko’rsatdi. Uni Milliy gvardiya askarlari qo’riqladi.

Yozgacha nyu-yorkliklar deyarli ko’chalarga chiqmadi. Bar, restoran kabi joylarda bo’ladigan uchrashuvlar ijtimoiy masofa saqlash oson bo’lgan park va ochiq maydonlarga ko’chdi.

“Ikki hafta oldin qallig’im bilan unashtirish marosimi bo’ldi. Tashqarida yig’ildik”, - deydi Jon ismli nyu-yorklik.

Shahar hanuz pandemiyadan oldinga hayotga qaytmagan. 5-avenyu avvalgidek gavjum emas. Eng ko’p yo’qotishga Bradvey uchradi. Bu yerda ko’plab teatrlar kamida yana bir yil yopiq bo’lishi kutilyapti.

“Koronavirus jiddiy ekanini bilaman, lekin hayot davom etadi. Nima qilishimiz kerak? O’z uyimizda qamoqda o’tirgandek yotishimiz kerakmi? Qachongacha? Bu narsa qachon tugashini hech kim bilmaydi”, - deydi Rufat ismli nyu-yorklik.

Turizm sanoati qorong’i kunlar tezroq tugashidan umidvor. Rasmiylar va biznes egalari bu yil bahorda sayyohlar shaharga yana kelishini kutmoqda. Aholini virusga qarshi emlash jarayoni tezlashar ekan, odamlar harakati ham ko’payishi taxmin qilinyapti.

Hozircha 2021-yil shaharda ortiqcha bayram va tadbirlarsiz kutib olindi. Hanuz deyarli bo’m-bo’sh maydonlar avvalgi Nyu-Yorkning qaytishicha hali ancha borligidan darakdek.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG