Breaking News

Toshkentda “Haqiqat va taraqqiyot” ofisi yopilgan


“Haqiqat va taraqqiyot” ofisidan haydalgan
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:19 0:00

“Haqiqat va taraqqiyot” lideri professor Xidirnazar Olloqulov bir necha kun oldin “Amerika Ovozi”ga bu guruh poytaxtda o’z ofisini ochgani, partiyaga nisbatan ta’qiblar to’xtagani haqida aytgan edi. Ammo professorning bu xulosalari ancha shoshilinch qilingan ko’rinadi.

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan videolarda o’z uyining yo’lagida noma’lum kishilar tomonidan burchakka taqalgan, so’roqqa tutilayotgan Olloqulovni ko’rish mumkin.

“Haqiqat va taraqqiyot” ofisi ijara shartnomasi bekor qilinib, ofis ichki ishlar boshqarmasi nazorati ostida yopilgan va partiyaga tegishli mulk, jumladan mebellar ko’chaga olib chiqib tashlangan.

Bino yonida o’z faoliyatini davom ettirishga qaror qilgan partiya a’zolari noma’lum kishilar hujumiga uchragan. Stol-stullar uloqtirilgan, partiya faollari haqoratlangan. Bu tahdidlar o’z mahallasida "buzg’unchi partiya faoliyatiga qarshi" bo’lgan aholi tomonidan uyushtirilgani iddao qilinmoqda. Olloqulov ular tomonidan siyosiy faoliyati, maqsadi va bayonotlari yuzasidan so'roq qilingan.

O’zbekiston matbuoti bu voqealar borasida biror xabar bermaydi. Ammo Ijtimoiy tarmoqlarda “Haqiqat va taraqqiyot” partiyasini quvvatlayotganlar anchagina.

Uning faollariga ofisda ishlash imkoniyati berilgan qisqa fursatda olingan tasvirlarda oddiy aholi va ziyolilar yangi partiya uchun imzo berishayotgani, jamoatchilikni siyosiy faollikka undashayotgani ko’rinadi.

“Haqiqat va taraqqiyot” 7- aprelga qadar Adliya vazirligiga partiya tarafdorlari bo’lgan 20 ming kishining imzosini topshirishi kerak. Rasmiylarning aytishicha, registratsiya uchun murojaat shundagina ko'rib chiqila boshlaydi.

Hukumat va tegishli organlar qanchalik inkor etmasin, yana avj olgan hujumlar bu jarayonni to’xtatishga qaratilgan, deydi partiya faollari. Ta'qiblar, ular nazarida, imzolar to’planmasligi va shu tariqa "Haqiqat va taraqqiyot" ro’yxatga olinmasligi uchun harakat.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG