Breaking News

Faollar: O’zbekistonda korrupsiya bilan kurashish tizimi samarasiz 


Buxoro shahar prokurori Jasur Fozilov respublika Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev va prokuraturaning boshqa xodimlari ustidan shikoyat bilan chiqdi, millonlab mablag’larni o’marganlikda ayblamoqda.

O’ziga nisbatan xizmat tekshiruvi boshlanishi ortidan prezident Mirziyoyevga murojaat bilan chiqqan Buxoro shahar prokurori javobgarlikka tayyor ekanini aytadi. Ammo jinoyat ishini yopish uchun bosh prokuror rahbarligidagi guruh bosim qilayotganini ta’kidlaydi. U ayni paytda millionlab mablag’ o’zlashtirganiga doir dalillar mavjudligini iddao qiladi.

Jasur Fozilovning bu murojaati ortidan Bosh prokuratura ham bayonot bilan chiqdi. Unda Buxoro shahar prokurori Jahongir Fozilov ustidan xizmat tekshiruvi o’tkazilayotgani, vaqtincha lavozimidan chetlatilgani, uning ijtimoiy tarmoqlarga joylagan murojaati yuzasidan qo’shimcha ma’lumotlar berilishi aytiladi.

Ma’lumki, prezident Mirziyoyev hokimiyati korrupsiyaga qarshi kurash e’lon qilgan. Korrupsiyaga qarshi kurashda esa asosiy vakolat Nig’matilla Yo’ldoshev rahbarligidagi Bosh prokuraturaga berilgan.

Nig’matilla Yo’ldoshev korrupsiyaga qarshi kurash bo’yicha respublika komissiyasiga ham raislik ham qiladi. Vazirliklar va jamoatchilik vakillaridan iborat bu komissiya korrupsiyaga qarshi kurashga doir turli hisobotlar taqdim etishi bilan tanilgan.

Mamlakatdagi faollar Buxoro shahar prokurorining murojaati tizim inqirozidan darak berishini aytmoqda. Ularning fikricha, korrupsiya bilan kurashish tizimi samarasiz.

Mamlakatda tashkil etilayotgan “Haqiqat va taraqqiyot” partiyasi lideri Xidirnazar Olloqulovning “Amerika ovozi”ga aytishicha, avtoritar tuzum tugatilmas ekan, O’zbekistonda korrupsiyani yengish imkonsiz.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG