Breaking News

O’zbekistonda muxolif partiyalar uchun “yashil chiroq”?


Olloqulov: Hukumat biz tomon bir qadam tashladi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:31 0:00

O’zbekiston hukumati delegatsiyasi AQShdagi muzokaralarda inson huquqlari va erkinliklar masalasini muhokama qilar ekan, faollar O’zbekistonda siyosiy partiyalar tashkil etish borasida siljishlar haqida xabar bermoqda.

Mustaqil siyosiy kuch sifatida taqdim etilayotgan “Haqiqat va taraqqiyot” partiyasi to’siqlar haqida Prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat qilgan edi. Bu murojaat ijobiy samara bergan.

Adliya vazirligi tomonidan partiya tashabbuskorlariga kelgan navbatdagi javob xatida partiya tashkil etish bo’yicha tadbirlarni amaldagi qonunchilikka muvofiq o’tkazish mumkinligi tavsiya qilinadi.

“Amerika Ovozi” avvalroq “Haqiqat va taraqqiyot” partiyasi Adliya vazirligi to’siqlari bois tashkiliy qo’mita yig’ilishini o’tkaza olmayotgani, Prezident Mirziyoyevga murojaat qilgani haqida xabar bergan edi.

Mustaqil partiya o’z ta’sis yig’ilishini o’tkazish uchun prezidentga murojaat qilgani jamoatchilikda turli munozaralar qo’zg’agan edi.

Ammo partiya yetakchisi Xidirnazar Olloqulovning “Amerika Ovozi”ga aytishicha, Mirziyoyevga murojaat prezident ruxsatini olishga emas, Adliya vazirligi to’siqlaridan o’tishga qaratilgan edi. Vazirlikning navbatdagi javobi ortidan “Haqiqat va taraqqiyot” partiyasi tashkiliy qo’mita yig’ilishini o’tkazishga hozirlanmoqda.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG