- 28-29-aprel kunlari qurolli to'qnashuvlar yuz bergan qirg'iz-tojik chegarasidagi vaziyat tomonlarning o't ochishni to'xtatish borasidagi kelishuviga qaramasdan tarangligicha qolmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-aprel kuni Qirg'iziston va Tojikiston prezidentlari bilan telefon muloqotida chegaradagi vaziyatni muhokama qilgan.
- 29-aprel kuni O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi o'z xavotirini bildirib, tomonlarni to'qnashuvlarni zudlik bilan to'xtatishga chaqirgan edi.
- Qurolli to'qnashuvlarda Qirg'izistonning uch nafar maxsus kuchlari askarlari halok bo'lgan. Jami qurbonlar soni 17 nafarga yetgan. 134 kishi yaralangan. Ularning 20 nafari harbiylar ekani ma'lum qilingan.
- Tojikiston tomoni talafotlar borasida rasmiy raqamlarni e'lon qilmagan. "Aziya-Plyus" agentligi o'z manbalariga tayanib, 10 kishi halok bo'lgani haqida xabar bermoqda. Yaralanganlar soni 90 kishidan ortgan. Ular asosan chegaradagi Isfara va Bobojon G'afurov tumanlari aholisi ekani aytilmoqda.
Qirg'iziston-Tojikiston chegarasida vaziyat o'nglanmayapti
Siz uchun
-
Dekabr 22, 2024
Nyu-York maktablarida dehqonchilik mashg’ulotlari
-
Dekabr 21, 2024
Elektromobil sanoati Tramp ma'muriyatidan nimalarni kutmoqda?
-
Dekabr 21, 2024
Lola Karimovaning Toshkentdagi ko'rgazmasi
-
Dekabr 20, 2024
Baydendan Trampga: Oq uydagi yangilanish qanday kechadi?
Facebook Forum