Breaking News

Markaziy Osiyo tashqi ishlar vazirlari Afg'oniston haqida gaplashdi


O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, Toshkent, 7-iyul, 2021
O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, Toshkent, 7-iyul, 2021

Bugun Toshkentda BMT Preventiv diplomatiya markazi tashabbusi bilan O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg'oniston tashqi ishlar vazirlari virtual muloqot qildi.

Afg‘onistonda tinchlikka erishish, bu davlat iqtisodiyotini tiklash va milliy murosa tomon harakat qilishda afg‘on xalqiga ko'maklashish kabi mavzular muhokama qilingan.

Terrorizmga qarshi kurashda mintaqaviy birdamlik zarurati qayd etilgan.

Markaziy Osiyo respublikalari Afg'onistonga siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamda pandemiyadan chiqishda yordam berishga bel bog'laganini bayon etgan. Afg‘oniston, mintaqa tashqi ishlar vazirlariga ko'ra, Markaziy Osiyoning ajralmas qismi.

BMT yetakchiligida Markaziy Osiyo bosh diplomatlari virtual majlisi, 7-iyul, 2021
BMT yetakchiligida Markaziy Osiyo bosh diplomatlari virtual majlisi, 7-iyul, 2021

Energetika va transport-kommunikatsiya sohalaridagi ko'mak salmoqli ekani ta'kidlanib, bu borada aloqani kuchaytirish xususida ham gaplashilgan.

15-16 iyul kunlari Toshkentda "Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusida xalqaro anjuman o'tadi. Unda ham asosiy e'tibor Afg'onistondagi beqarorlik va uning shimol va janubdagi mamlakatlarga ta'siri haqida bo'lishi kutimoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG