Breaking News

Tojikiston-AQSh yillik maslahatlashuvi; bosh diplomatlar muloqoti


Muhriddin, Blinken July 1 2021
Muhriddin, Blinken July 1 2021

Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin boshchiligidagi delegatsiya Vashingtonda, Bayden ma'muriyati bilan yillik maslahatlashuv bo'lib o'tdi.

AQSh Markaziy Osiyoning barcha davlatlari bilan shunday tartibda muloqot olib boradi. Ular galma-gal Vashingtonda va respublikalarning poytaxtlarida o'tkaziladi.

Tojikiston va AQSh bu safargi maslahatashuvda asosiy e'tiborni xavfsizlik va huquq tartibot organlari faoliyatiga, huquq, energetika va iqtisodga qaratgan. Shuningdek, terrorizmga qarshi kurash va xavfsizlikni ta'minlovchi kuchlar malakasini oshirish va ularni professionallashtirish xususida ham gap ketgan. Diniy erkinlikka yo'l ochish va inson savdosiga qarshi kurash borasida ham so'zlashilgan. Savdo va sarmoya bilan bog'liq muammolar ham muhokama qilingan.

AQSh Davlat departamentida o'tgan yig'in ketidan ikki mamlakatning bosh diplomatlari alohida uchrashib, Markaziy Osiyo xavfsizligi, Afg'oniston, iqtisod va mintaqaviy integratsiya haqida gaplashdi.

Bayden ma'muriyati nazarida, Tojikiston ham O'zbekiston singari regional barqarorlik uchun jon kuydirib keladi. Blinken Dushanbening bu boradagi qadamlarini yuqori baholadi.

Tojikiston tashqi ishlar vaziriga ko'ra, Afg'onistonda tinchlikka erishish birlamchi maqsad va shu yo'l bilangina iqtisodiy taraqqiyot, farovonlik va Markaziy Osiyo birdamligiga erishish mumkin.

AQSh Davlat departamenti, Vashington, 1-iyul, 2021
AQSh Davlat departamenti, Vashington, 1-iyul, 2021

Blinken Tojikiston hukumatini inson huquqlari va erkinlik uchun kengroq yo'l berishga undadi.

Amerika respublikaga bu borada yordam berishga shay ekani, shuningdek, rivojlanishda ko'maklashishni to'xtatmasligini bildirdi.

Vashington Tojikiston bilan C5+1 diplomatik platformasida ishlab, Markaziy Osiyoning besh davlati va Amerika tashqi ishlar vazirlari muntazam ravishda uchrashib turadi.

15-16 iyul kunlari Toshkentda Markaziy va Janubiy Osiyo orasidagi hamkorlikni kengaytirish maqsadida yirik anjuman rejalangan. Unga AQShdan ham delegatsiya boradi.

AQSh, Tojikiston tashqi ishlar vazirlari uchrashdi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:17 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG