Oy uydagi muddati tugaganidan yarim yildan oshdi, ammo Donald Tramp hamon "Google", "Facebook" va "Twitter" kabi ijtimoiy tarmoqlar bilan urushda. Yaqinda ularni sudga berdi. Bu ishlar raqamli texnologiya asrida so'z va fikr erkinligini kim nazorat qilayotganini ko'rsatadi.
Tramp e'tibordan qolishni istamaydi. Ijtimoiy tarmoqlardan haydalish sobiq prezident uchun biror jihatdan foyda emas. Shunday ekan, Tramp o'z nufuzi va siyosiy qudrati uchun kurashmoqda.
Blog yozib ko'rdi. Homiylari ikki yangi platforma ochdi.
Yaqinda esa Tramp dunyoning eng yirik kompaniyalarini uning so'z erkinligini buzayotganlikda ayblab, shikoyat qildi.
Ularning ishi - senzura, konstitutsiyaga zid va Amerika qadriyatlariga tamoman qarshi", - deydi u.
Qizig'i, Tramp hamon odamlarni yig'ishga usta.
Shunday bo'lsa-da, o'tgan olti oyda uning haqidagi muhokamalar qariyb 90 foizga kamaygan.
"SocialFlow" tahlil markazi bu borada izlangan.
"Tramp auditoriya kamayganidan tashvishda. Bu uning uchun dahshatli hol", - deydi Jim Anderson, "SocialFlow" rahbari.
Jahon bo'ylab turli davlatlarning rahbarlari ijtimoiy tarnoqlar bilan o'ziga xos kurashda. Masalan, Nigeriyada Prezident Muhammadu Buhariyning tviti o'chirib tashlangach, hukumat "Twitter"ni ta'qiqlab qo'ydi. Hindiistonda "WhatsApp" hukumatni cheklovlarda ayblab, sudga bergan. Rossiya ijtimoiy tarmoqlarga talablar qo'yish bilan band, xususan reklama berayotgan davlatda odamlarni ishga olishi shart.
Xalqaro hamjamiyat Trampning o'z mamlakatida yirik platformalar tomonidan man etilganiga ahamiyat qaratgan. Bu rahbarlarga jiddiy signal.
Etan Zukerman, Massachusetts universiteti professori:
"Trampning boshiga tushganlari dunyoning avtokrat rahbatlari uchun ogohlantirish. Lekin ular bundan qanchalik saboq oladi, bu boshqa masala. Xitoyga o'xshab, o'zlari uchun alohida platformalar, o'zlari nazorat qiladigan tarmoqlar yaratadimi? Yo Rossiya singari odamlar baribir G'arb platformalariga kiraverishini tan olib, ularda propagandaga zo'r beradimi? Rossiya kabi bu platformalarda o'z ta'sir kuchiga ega bo'lishga harakat qiladimi?"
Ijtimoiy tarmoqlarda so'z erkinligining cheklanishini ko'plar hali ham hazm qila olmaydi. Bu ham o'rganilgan mavzu.
Jillian York, aynan shu yo'nalishda faoliyat yuritadigan, erkinlik va mas'uliyatni targ'ib qiluvchi fondning yetakchi eksperti. Ijtimoiy tarmoqlarga global standardlar zarur, deydi u. Hozir hamma har kimsa uchun o'zicha xos chora ko'rish bilan band.
"Hozir tartib yo'q. Har yerda turlicha qoida", - deydi York. "Trampga qo'yilgan ta'qiqlarni boshqa rahbarlar va xalqlar kuzatmoqda. Bu ishlar ularga ta'sir qiladi, lekin ular ham bizga ta'sir qilishadi".
Facebook Forum