Breaking News

Afg’oniston gumanitar ofat yoqasida turibdi


Xalqaro Qizil xoch va Qizil yarimoy jamiyatlari federatsiyasining Osiyo va Tinch okeani mintaqasi bo’yicha direktori Aleksandr Mateuning aytishicha, Afg’oniston asta-sekin yomonlashayotgan bir nechta inqirozga yuz tutmoqda. Qurg’oqchilik, iqtisodiy tanglik, aholining darbadarligi keng miqyosda ochlikka sabab bo’lyapti.

Xalqaro hayot - 3-dekabr, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:44 0:00

Qish mavsumi esa, deydi Afg’onistondan endigina qaytgan mutaxassis, xalq azob-uqubatlarini yanada kuchaytiradi.

BMT hisobiga ko’ra, salkam 24 million odam yoki aholining taxminan 60 foizi qattiq ochlikdan jabr ko’rmoqda, jumladan ocharchilikka yaqin ahvolda yashayotgan 8,7 million odam.

O’tgan yili Afg’oniston o’nlab yillarda eng qattiq qurg’oqchilikka yuz tutdi, natijada mamlakatning 80 foizida hosil yaxshi bo’lmadi, dehqonlar xonavayron bo’ldi, ko’plar qishloqlarni tashlab chiqishga majbur bo’ldi.

Joriy yilda 700 mingdan ziyod odam qirg’oqchilik yoki qurolli to’qnashuvlar sabab uyini tark etgan.

Tolibon hokimiyatga kelishi bilan xalqaro hamjamiyat uni naqd puldan ayirdi, tashqi yordam to’xtatildi, natijada xizmatchilar maoshsiz qoldi, aholi ishsizlikka yuz tutdi.

"Mana shu omillaring barchasi qo’shilib, katta gumanitar ofatga sabab bo’lyapti”, - deydi Mateu.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti oylab maoshsiz o’tirgan tibbiy xizmatchilarga oylik to’lash uchun pul ajratmoqda, Xalqaro Qizil xoch jamiyati 210 ming odam uchun 2 oyga yetadigan 3000 tonna oziq-ovqat, ko’rpa-to’shak, isitgichlar yetkazdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG