Breaking News

Bayden va Putin Ukraina mavzusida ikki soat virtual muloqot qildi


AQSh va Rossiya prezidentlari bugun teleko’prik orqali muloqot qilib, Rossiyaning Ukraina chegarasida to’plangan qo’shinlari mavzusida gaplashdi. Ukraina, AQSh va ittifoqchi davlatlar Rossiya qo’shni mamlakatga qo’shin kiritishi mumkinligidan xavotirda.

Xalqaro hayot - 7-dekabr, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:56 0:00

Ikki soat davom etgan muloqot chog’ida AQSh-Rossiya munosabatlariga doir boshqa mavzular ham muhokama etilgan, jumladan strategik barqarorlik, kiberxavfsizlik, mintaqaviy masalalar.

AQSh razvedkasiga ko’ra, ayni damda chegarada 70 ming askar bor. Dushanba kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy sharqdagi Donetsk oblastida joylashgan harbiy qismlarni ko’zdan kechirdi. Uning aytishicha, qo’shinlar Rossiya hujumini qaytarishga qodir.

Zelenskiy sentabr oyida Oq uyda bo’lganida Bayden AQSh Ukraina suvereniteti va hududiy daxlsizligini himoya qilishga shay deya uni ishontirgan edi.

Ayrim tahlilchilar fikricha, Bayden 2024-yilda qayta saylanishga umid qilayotgan Putinni qo’shinlarni chegaradan olishga ishontira olmasligi mumkin.

“Oq uyga achinaman, chunki bunday muloqotlardan foyda yo’q. Rossiya Xavfsizlik kengashi rahbari Nikolay Patrushev Rossiya hech kimga hujum qilmasligini, qo’shinlar o’z hududida ekanini, suveren va qonuniy davlat sifatida Rossiya askarlarini o’z hududi doirasida istalgan joyga joylashtirishga haqli ekanini, buning agressiyaga aloqasi yo’qligini bot-bot aytgan. Putin ham shu gaplarni takrorlaydi”, - deydi Vashingtondagi “Amerika tadbirkorlik instituti”dan Leon Aron.

Oq uy matbuot kotibasi Jennifer Psakining aytishicha, Oq uy ma’muriyati Kremlni bu siyosatidan qaytarish uchun sanksiyalarga o’xshash bir qator iqtisodiy choralar hozirlamoqda.

“Bayden Rossiyani SWIFT bank tarmog’idan o’chirishi kerak. Uning dunyo bo’ylab ish qilishi qiyinlashsa, hozirgi harakatlarining o’ta qimmatga tushishini anglaydi. Biroq Rossiya bu xarajatlarni ko'tara oladimi, degan savol tug'iladi. Agar iqtisodiy choralar ish bermasa, u holda Rossiyaning nojo’ya xatti-harakatiga zaif choralar bilan javob berishga to’g’ri keladi”, - deydi vashingtonlik yana bir tahlilchi Endryu Losen.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG