Breaking News

BMT maxsus vakili O'zbekistonda erkinlik va adolatni kengaytirishga chaqirdi


Fionnuala Ni Aolain, BMTning terrorizmga qarshi kurashda inson huquqlarini va asosiy erkinliklarni targ'ib qilish va himoya qilish bo'yicha maxsus vakili
Fionnuala Ni Aolain, BMTning terrorizmga qarshi kurashda inson huquqlarini va asosiy erkinliklarni targ'ib qilish va himoya qilish bo'yicha maxsus vakili

7-dekabr kuni Toshkentda Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgan BMT eksperti respublikada fundamental erkinliklar kengayishi lozim, deya undagan. Xususan, so'z, fikr va matbuot erkinligi hamda fuqarolarning uyushish va erkin e'tiqod qilish huquqi. BMT vakili O'zbekistonda sudlar mustaqil organlarga aylanishi zarurligini ham uqtirgan.

Fionnuala Ni Aolain, BMTning terrorizmga qarshi kurashda inson huquqlarini va asosiy erkinliklarni targ'ib qilish va himoya qilish bo'yicha maxsus vakili, Prezident Mirziyoyev bilan muloqotdan mamnun. Mutaxassis O'zbekiston rahbarini yuqoridagi masalalar ustida qattiq qayg'urayotgan inson sifatida ko'rgan.

O'zbekiston hukumatining Suriya, Iroq va Afg’onistondan yuzlab ayollar va bolalarni qaytarish va ularni jamiyatga qayta qo'shish bo’yicha qilgan ishlarini yuqori baholagan Ni Aolain mamlakatda ekstremizm va terrorizmga qarshi qonunlarni tubdan isloh qilishni tavsiya qilgan.

UN Uzbekistan Human Rights
UN Uzbekistan Human Rights

10 kunlik tashrifi yakunida ekspert iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarni ta'minlashga qaratilgan amaliy choralarni kuchaytiring, BMT agentliklari bilan hamkorlikni kengaytiring, notinch hududlardan fuqarolarni olib kelish borasida harakatlar davom etaversin, degan maslahatlar bergan.

Maxsus vakil O'zbekistonning terrorizm va ekstremizmga qarshi qonunlarini izchil o'rganib chiqqanini aytib, Jinoiy kodeksidagi qator moddalarni mujmal deb topgan. Ularni xalqaro huquq va me'yorlarga muvofiqligini ta'minlash uchun muhim o'zgarishlar qilish zarur, deya undagan Ni Aolain.

BMT eksperti O'zbekiston hukumatini sobiq siyosiy mahkumlar ishlarini qayta ko'rib chiqish, adolatni ta'minlash, tovon to'lash masalalari bilan shug'ullanuvchi rasmiy va mustaqil mexanizmini yaratishni ham tavsiya qilgan.

O'zbekiston hukumatiga ko'ra, amaldagi qonunchilik tuzatilar ekan, xorijiy tavsiyalar inobatga olinadi va milliy manfaatlar va xalqaro majburiyatlarga asoslangan holda qadam tashlanadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG