Breaking News
Din

Mirziyoyevning dindorlarga marhamati tugadimi?


"Diniy sabab bilan qamalish osonlashib ketdi"
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:14:57 0:00

O’zbekistonning diniy siyosati yana tanqid ostida. AQSh Xalqaro diniy erkinliklar komissiyasi hisobotiga qaraganda, ikki ming atrofidagi dindorlar hamon qamoqxonada saqlanmoqda.

“Amerika Ovozi” bilan gaplashgan faollarning iddao qilishicha, haqiqatda mamlakatda diniy mahbuslar soni bir qadar ko’p. Hizb ut-Tahrir oqimiga aloqadorlikda ayblanib qamalganlarning o’zi ayni paytda ikki ming kishiga yaqinlashgan.

E’tiqod erkinligi insonning birlamchi huquqlaridan. O’zbekistonda “qora ro’yxat”ga kiritilgan yoki qamoqda saqlanayotgan dindorlarning aksariyati o’z e’tiqodi uchun qamalgan tutqunlar sifatida ko’riladi.

Islom Karimov davrida mamlakatda diniy mahbuslar soni 10 mingdan oshiq hisoblangan. Shavkat Mirziyoyev boshqaruvga kelishi ortidan ular soni qisqardi, mahbuslar, adashgan dindorlarga nisbatan afv e’lon qilindi, ko’plar ozodlikka chiqarildi. Bu Mirziyoyevning jiddiy islohotlaridan biri sifatida e’tirof qilindi.

Ammo so’nggi yillarda vaziyat ancha o’zgargan. Dindorlarga qaratilgan afv, amnistiyalar ham kamaya boshladi. Aksincha, diniy ekstremistlarni fosh qilish, guruhlab hibsga olish kuchaydi. Har holda “huquq-tartibot idoralarining maxsus amaliyoti natijasida ekstremizmda gumonlangan bir guruh fuqarolar hibsga olinishi” matbuotdagi muntazam xabarlardan biriga aylandi.

Shu asnoda diniy siyosat sobiq tuzum davriga qaytayotganiga doir xavotirlar ham yuzaga chiqdi. Ammo faollarning ishonishicha, aslida bu siyosat Karimov davridan uzoqlashmagan edi. Mirziyoyev o’z hokimiyatini mustahkamlashi ortidan uning dindorlarga nisbatan marhamati ham nihoyasiga yetdi.

Bu iddao O’zbekistonda esktremistik tashkilot sifatida topilgan oqimga a’zoligini aytib kelayotgan diniy faollardan biri Mahmud Abdulmo’minga tegishli. Uning “Amerika Ovozi”ga aytishicha, Prezident Mirziyoyev ham e’tiqod tutqunlariga jinoyatchi sifatida qarash aqidasidan voz kechmagan.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG