Breaking News

Ijtimoiy tarmoqlar ustidan nazorat kuchayadimi?


Ijtimoiy tarmoqlarning siyosatga ta'siri: bahslar davom etadi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:57 0:00

2021-yil 6-yanvar kuni Kapitoliyda yuz bergan g’alayon internet olamida o’ziga xos aks-sado berdi. To’polonlar ortida turgani aytilgan prezident Donald Tramp ijtimoiy tarmoqlardan badarg’a qilindi. Oradan bir yil o’tib vaziyat qanday? Ijtimoiy tarmoqlar bunday hodisalarning oldini olish uchun qanday o’zgarishlarni amalga oshirdi?

Donald Tramp tarafdorlari Kapitoliyga zo’ravon yurish boshlashidan bir yil o’tib sobiq prezident hanuz “Facebook”, “Twitter” va “YouTube” tarmoqlarida yo’q.

“Bu adolatdan emas. Mamlakat uchun, dunyo uchun juda-juda yomon. Menga shunday qilishgan ekan, ular buni hammaga qila oladi”, - deydi Donald Tramp.

“6-yanvar, shubhasiz, ijtimoiy tarmoqlar uchun ulkan sinov bo’ldi”, - deydi ekspert Emerson Bruking.

Tramp ijtimoiy tarmoqlar yordamida qo’zg’olonga da’vat qilganlikda ayblandi. Uning ijtimoiy tarmoqlardan haydalgani bu platformalar siyosiy jarayonlarda qanchalar qudratli vositaga aylanganini ko’rsatadi.

Taqiqlarni amalga oshirganiga qaramay, ijtimoiy tarmoqlar kech chora ko’rganlikda ayblandi. Tramp o’z yolg’onlari bilan uzoq vaqt ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat yuritdi, deydi tanqidchilar.

Texnologiya kompaniyalari o’z xizmatlarini yanada xavfsiz qilish uchun muntazam ishlayotganini aytadi. Kongressdagi tinglovda “Twitter”ning sobiq yetakchisi Jek Dorsi 6-yanvar qo’zg’olonida “Twitter”ning ham qisman hissasi borligini tan oldi, ammo asosiy aybni muhitga bog’ladi.

“Kengroq ekotizimni hisobga olishingiz kerak. Gap faqat biz ishlatadigan texnologiya platformalarida emas”, - dedi u.

Kompaniyalar siyosatida o’zgarishlar bor. Koronavirus haqida besh marta yanglish xabar tarqatgan odam “Twitter”dan bir umrga haydaladi. “Facebook” ham siyosatchilarning bayonotini jiddiyroq tekshiruvdan o’tkazmoqda. Ammo bu kam, deydi ba’zi ekspertlar.

“O’zgarish bormi yo’qmi, asosiy mahsulot va algoritmlariga qarash kerak. Ya’ni, aslida o’zgarishlar yuzaki qilinayotgandek”, - deydi “Facebook” sobiq xodimi Keyti Harbes.

Saylov yaqinlashar ekan, kuzatuvchilarga ko’ra, ijtimoiy tarmoqlar yangi tartibsizliklarga turtki bo’lishi mumkin.

“Bu narsaga tayyor turish kerak. Lekin bu masalada kompaniyalar men ko’rishni xohlagan o’zgarishlarni amalga oshirayotgani yo’q”, - deydi Harbes.

Saylov - 2020: ijtimoiy tarmoqlar faoliyati
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:19 0:00

Ba’zilarga ko’ra, kompaniyalarning asosiy dardi – ko’proq pul topish. Kontent kimga va qachon ko’rinishiga oid algoritmlar shu maqsad atrofiga qurilgan.

“Ko’plab platformalar ba’zi o’zgarishlarni qildi, lekin hamma gap biznes modelida. Ular qurgan dizayn saylovga oid yolg’onlar, irqiy zo’ravonlik kabi muammoli narsalar tez va ko’p ko’rilishini ta’minlaydi”, - deydi ekspert Jessi Lehrich.

Sizdirilgan ma’lumotlarga ko’ra, “Facebook” yetakchilari tizimdagi muammolarni oldindan bilgan. Kelasi yil qonunchilar ijtimoiy tarmoqlarda bahsli mavzular ustidan nazoratni kuchaytirishga oid yangi choralarni amalga oshirishi kutilyapti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG