Breaking News

Ijtimoiy tarmoqlar yolg’on ma’lumotlar tarqalishini to'xtatish harakatida


Saylov va dezinformatsiya
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:48 0:00

AQSh prezidentlik saylovida berilgan ovozlar hisob-kitob qilinar ekan, “Twitter”, “Facebook” va “LinkedIn” kabi platformalarda axborot urushi ketmoqda. Noto’g’ri ma’lumotlar ustida jang, deydi ba’zilar.

“Saytlar saylovda firibgarlik ro’y bergani haqidagi asossiz da’volarga to’lib ketdi. Zo’ravonlikka, namoyishlar uyushtirishga da’vatlar ham yangrayapti. Bu xavfli. Favqulodda holat desa ham bo’ladi. Soxta ma’lumotlar Amerika xalqi yanada bo’linishiga, tizimga ishonch yanada pasayishiga olib keladi”, - deydi “Ovoz” nohukumat tashkiloti vakili Fadi Qur’on.

“Twitter” ba’zi postlar ustiga “bu yolg’on” deya tamg’a bosib, ularning tarqalishiga yo’l qo’ymayapti.

“Facebook” ogohlantirish berib, foydalanuvchini saylov saytiga yo’naltiradi. Shuningdek, ovozlar o’g’irlanayotgani haqida yolg’on ma’lumot tarqatgan Tramp tarafdorlari guruhi sahifasini o’chirib tashladi.

“YouTube” saytida esa ba’zi videolar ostida “ovozlar hamon sanalmoqda” degan yozuvni ko’rish mumkin.

“Twitter” va “Facebook” da ovozlar to’g’ri sanalmayotgani haqidagi ispan tilidagi postlar ham ko’p. Da’vo shundan iboratki, Prezident Trampdan saylov g’alabasi tortib olinmoqda, o’g’irlanmoqda. Buni isbotlovchi dalillar yo’q.

Ko’rilayotgan choralar shuni ko’rsatadiki, internet kompaniyalar fakt va yolg’onni bir-biridan ajratishga dadilroq harakat qilmoqda. Hatto taniqli shaxslar so’zlagan taqdirda ham. Ekpertlarga ko’ra, bu saylov natijasi ishonchli bo’lishi uchun muhim.

“Amerikaliklarga yog’ilayotgan soxta xabarlarni, dezinformatsiyani qanchalik kamaytira olsak, shuncha yaxshi. Chunki tizim jamiyat ravnaqi uchun ishlayotganiga ishonishimiz kerak. Bu tizimning egasi – o’zimiz. Uni o’zimiz boshqaramiz va u bizga ishlaydi. Oshkoralik muhim”, - deydi Oq uy axborot idorasida ishlagan Tereza Peyton.

Ba’zilar fikricha, internet firmalar xatolarni tuzatish bobida ham faolroq harakat qilishi lozim.

“Facebook” hali tamg’a bosmasidan layk olgan yoki tarqatilgan asossiz xabarlar bo’ladi. Kompaniya tekshiruvidan keyin “bu yolg’on” ekan deb tuzatish jo’natishi kerak”, - deydi Fadi Qur’on.

Shunisi aniqki, internet sahifalar ham haqqoniy, ham soxta ma’lumotlar tarqalishi uchun qulay platformalar bo’lib qolaveradi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG