Breaking News

Tramp yutqazsam Oq uyni topshiraman deyishdan bosh tortmoqda


Tramp saylovda yutqazsa, natijani tan oladimi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:24 0:00

Donald Tramp, agar saylovda yutqazsa, hokimiyatni tinch yo’l bilan topshiraman deyishdan bosh tortmoqda. Pochta orqali ovoz berish tizimiga ishonmayman, deydi prezident.

Amerikada bu yilgi prezidentlik saylovlari, kuzatuvchilarga ko’ra, keskin bahslarga sabab bo’lishi ehtimoldan xoli emas. Saylov kuni Prezident Donald Tramp dastlabki natijalar asosida o’zini g’olib deb e’lon qilishi, ammo keyingi kunlarda qog’ozda berilgan ovozlar hisoblangan sari raqibi Jo Baydenga yutqazishi mumkin.

Pochta orqali ovoz berish tizimini firibgarlik deb atab, Tramp saylov byulletenlarini sanashda muammolar bo’lishi, ish Oliy sudga oshirilishini bashorat qilmoqda. Shuning uchun, prezidentga ko’ra, yaqinda vafot etgan sudya Rut Ginsbergning o’rnini saylovdan oldin to’ldirish lozim.

“Ish Oliy Sudgacha boradi. To’qqiz sudya bo’lishi juda muhim”, - deydi Tramp.

Prezidentning ovozlar soxtalashtirilishi haqidagi da’volari isbotlanmagan bo’lsa-da, pochta orqali yuborilgan byulletenlar noto’g’ri to’ldirilishi tufayli ba’zida rad etilgan hollar qayd etilgan.

Masalan, yil boshida, pandemiya sharoitida saylovlarning saralash bosqichi o’tkazilganda, ayrim shtatlarda byulletenlarni sanash birmuncha kechikkan edi.

“Odamlarni pochta orqali ovoz berishga qanchalik ko’p undasangiz, ishtirok shunchalik sust bo’ladi”, - deya da’vo qiladi konservativ advokat Xans von Skapovskiy.

Uning fikricha, bu yilgi saylov eng soxta bo’ladi. Spakovskiyning saylovlarda firibgarlik keng tarqalgani haqidagi da’volari tekshiruvlarda o’z isbotini topmagan.

Oliy sud bunda qanday rol o’ynashi hali ma’lum emas.

“Saylov natijasini hal qilishni Oliy suddan so’ramaymiz deb umid qilaman. Demokratik tizim uchun bu juda muammoli holat”, - deydi siyosatshunos Sem Berger.

Jorj Bush va Al Gor
Jorj Bush va Al Gor

2000-yilgi prezidentlik saylovlari tortishuv bilan tugagan edi. Nomzodlar deyarli teng natija ko’rsatgan Floridada ovozlar qayta sanalgan. Oliy sud respublikachilar nomzodi Jorj Bush demokrat raqibi Al Gor ustidan g’alaba qilgani haqida qaror chiqargan.

Al Gor yarim million ko’p ovoz olgan bo’lsa-da, mamlakat ravnaqi uchun, deb yon bergan.

Saylovda yutqazsangiz natijani tan olasizmi deb so’ralganda, Prezident Tramp “nima bo’lishini o’shanda ko’ramiz”, deya javob berdi.

Partiyaviy ziddiyatlar shunchalik jiddiyki, bahsli saylov konservativ va liberal tizimning ashaddiy tarafdorlari o’rtasida to’qnashuvlarga olib keladi degan qo’rquv bor.

Trampning yuqoridagi bayonotini uning partiyadoshlari va demokratlar birdek tanqid qilmoqda. AQSh Senati hokimiyat tinch yo’l bilan topshirilishini yoqlovchi rezolyutsiya qabul qildi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG