Breaking News

Tojikistonda COVID-19ga qarshi emlanish bepul va ixtiyoriy


Tojikistonga vaksina chetdan beg'araz yordam sifatida kelmoqda
Tojikistonga vaksina chetdan beg'araz yordam sifatida kelmoqda

Tojikiston shahar va tumanlarida koronavirusga chalinish hollari ko'paygan. Unga qarshi emlash davom etmoqda. Mas’ullarning aytishicha, aholi to‘liq emlanishi muhim, ammo ixtiyoriy va bepul yo‘lga qo‘yilgan.

Tojikistonda 2021-yilning yoz fasli, aniqrog‘i iyul-avgust oylari COVID-19 tarqalish ko'lami kengaya boshladi. Karantin choralari kuchaytirildi.

Sug‘d viloyati shifoxonasi bosh vrachi o‘rinbosari Baxtiyor Nabiyev "Amerika Ovozi" bilan suhbatda deydiki, yozda bemorlar ayniqsa ko‘p edi. Hozir karantin tugab, odatdagi rejimda qaytilgan.

Tojikiston Sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy himoyalash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning yoz oylarida eng yuqori ko'rsatkich 24 soat ichida 85 nafargacha yuqtirish holati bo'lgan.

2020-yilning aprelidan hozirgacha jami 17 ming 493 nafar tojikistonlik virusga chalingan. Qariyb 17 mingi odam shifo topgan.

Shifokorlarning aytishicha, ayni kunlarda pandemiyaning yangi to'lqini avj oldi. Ijtimoy tarmoqlarda ham kasallik qayta xuruj qilayotganligi haqida ma’lumotlar talay. Alohida shaxslar o‘z tashxislarining “ijobiy” natijalarini o‘rtoqlashmoqda.

“Jamoaviy immunitet hosil bo‘lishi uchun 100 foiz emlanishi kerak. 2021-yilning may oyidan beri, ya’ni 9 oydan oshdiki, biz koronavirusga qarshi odamlarni emlayapmiz. Koronavirusga qarshi Xitoyda ishlab chiqilgan "Coronavac", Hindiston yo Shvetsiyada ishlab chiqilgan "Pfizder" AQShda ishlab chiqilgan "Pfizer" va "Moderna" vaksinalari bilan emlamoqdamiz”, - deydi vrach Muhabbat Jo‘rayeva.

Sug‘d viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Ma’ruf Hojiboyevning aytishicha, asosan birinchi va ikkinchi doza berilmoqda. Uchinchi bor emlanish hali boshlangaman, ammo unga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Tojikistonda koronavirusga qarshi kurash qanday ketmoqda?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:12 0:00

Mas’ullarning aytishicha, har bir shifoxonada to‘rt-besh turdagi vaksina mavjud. Odamlar o‘zlari tanlashlari mumkin.

Tojikistonda vaksina xalqaro tashkilotlar yoki yirik davlatlar tomonidan insonparvarlik yordami sifatida yuborilgan. Mamlakatda aksina ishlab chiqish yo‘lga qo‘yilmagan.

“Birgina shifoxonamizda har kuni 200 nafargacha odamlar emlanmoqda. Lekin ba’zilar vaksina olishdan bosh tortmoqda. Biz ularga tushuntirish ishlari olib bormoqdamiz. Hatto homilador ayollar va emizikli onalarga ham vaksina olish mumkin. Hozirgacha vaksina tavsiya etilgan odamlarning 70 foizdan ortig‘ini birinchi va ikkinchi voyani oldilar. Hozir biz uchinchi voya bilan emlash jarayonini o‘tkazishga ham tayyormiz”, - deydi Muhabbat Jo‘rayeva.

Jamoatchi faol Ibrohim Olimov deydiki, odamlar vaksina olishni istamasligining bir-necha sabablari bor.

“Birinchidan, emlash jarayoni hamma yerda ham yuqori malakali mutaxassislar tomonidan to‘liq qoidaviy amalga oshirilmaydi. Ikkinchidan, vaksina orqali immunitet hosil qilish haqida odamlarga yetarli darajada ma’lumot berilmagan. Uchinchidan, aholi orasida rasmiy ma’lumotlarga nisbatan ishonchsizlik kuchli. Mana shunday sabablar bilan agar emlangan odamlar orasida yuz yoki ming kishidan birida bu jarayon og‘ir kechsa yoki o‘lim holati kuzatilsa, shu holatdan xabardor bo‘lganlarning aksariyati ixtiyoriy vaksina olishdan bosh tortadi”, - deydi Olimov.

Tojikiston hukumatiga ko'ra, pandemiya boshidan beri mamlakatda 125 kishi COVID-19 kasalligidan vafot etgan. Ammo faollar bu ma’lumotlarga ishonchsizlik bilan qarab, aslida o'lim hollari bunday yuqori bo'lganini taxmin qilishadi.

Hozircha mamlakatda koronavirusning "omikron" shtammi qayd etilgani haqida rasmiy ma’lumot yo‘q.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG