Breaking News

AQShda koronavirusni yuqtirish hollari kamaygan, cheklovlar bekor qilinmoqda


AQShda katta yoshdagilarning 75 foizi to'liq emlangan
AQShda katta yoshdagilarning 75 foizi to'liq emlangan

COVID-19 infeksiyasi Amerika bo'ylab sezilarli darajada kamaydi, deydi mamlakatda koronavirusga qarshi kurash uchun mas'ul idora rahbari Roshel Valenski.

Kasalliklarmi nazorat qilish va ularning oldini olish markazi direktori deydiki, AQSh nihoyat pandemiyadan chiqayotgandek. Endi inqirozdan keyingi jarayon e'tiborda.

"Ehtiyotkorlik hamon eng muhim talab", - deydi Valenski, hududma-hudud vaziyat sarhisob qilinib, mahalliy mutasaddilar o'zlari qaror beradi.

Valenski qayd etishicha, kunlik infeksiya hollari o'tgan bir haftada 40 foizga ozaygan. Kasalxonaga yotish 28 foizga, o'lim hollari esa 9,5 foizga kamaygan.

"Biz aholiga agar zarur bo'lmasa, niqobsiz yurish imkoniyatini ham yaratmoqchimiz, ya'ni koronavirus tarqalishdan to'xtagan joylarda bemalol harakat qila olishsin", - deydi rasmiy.

Valenski fikricha, amerikaliklar shunday tanaffusga muhtoj.

Oq uyning koronavirusga qarshi kurash koordinatori Jeff Zients ta'kidlashicha, hukumat xonadonma-xonadon tekin test paketlari tarqatmoqda. Hozirgacha 200 million paket yuborilgan.

Emlanish - eng zarur chora, deya eslatadi rasmiylar.

Ilmiy tadqiqotlar natijasi ham vaksina olgan odamning koronavirusga chalinish ehtimoli eng past ekanini ko'rsatadi.

Ishxonalarning emlanish talabi qanchalik asosli degan savol ostida Amerikada ko'plar sud ishlari muhokamada. Hukmlarga qaralsa, ayrimlarida vaksinaga qarshilar yutgan, boshqalarida esa uning tarafdorlari. Ekspertlarga ko'ra, gap xizmatchining ish paytida boshqalar bilan qanchalik yaqin aloqada bo'lishida.

Bayden ma'muriyati Kongressdan COVID-19ga qarshi kurashda yana 30 milliard dollar so'ramoqda.

Pandemiya boshlanganidan beri, ya'ni o'tgan ikki yil mobaynida AQShda 78 milliondan oshiq odam koronavirusni yuqtirgan. 930 mingga yaqin kishi undan vafot etgan.

Jahon bo'ylab esa qariyb 420 million infeksiya holati qayd etilgan, 6 millionga yaqin bemor nobud bo'lgan.

Amerika aholisining deyarli 215 millioni emlangan, 64,5 foiz. Katta yoshdagilarning 75 foizi vaksina olgan.

Infeksiya kamayayotgani bois mahalliy hokimiyatlar, bizneslar va muassasalar koronavirusdan saqlanish uchun joriy etilgan choralarni astalik bilan bekor qila boshlagan.

Filadelfiya shahrida, masalan, restoranlarga kirish uchun endi emlanganlik haqida hujjat so'ralmaydi.

Sietl shahrida 1-martdan boshlab nafaqat ovqatlanish uchun, balki sport inshootlari va madaniy markazlar, jumladan kino va teatrlarda ham vaksina tasdig'i talab qilinmaydi.

Sol-Leyk Siti ham boshqa yirik shaharlar singari jamoat joylarini hammaga keng ochish arafasida.

Kaliforniya va Nyu-York shtatlarida ichkarida ham niqobda yurish talabi bekor qilingan, ammo har qanday maskan egasi yoki rahbariyati u yerga kirayotganlardan taqishni so'rashi mumkin.

Jonli efir: Pandemiya tugayaptimi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:13:11 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG