Breaking News

Eronda nashriyot sohasi inqirozni boshdan kechirmoqda


Ko'chada kitob sotayotgan eronliklar, Tehron, Eron, 2022-yil, 29-yanvar
Ko'chada kitob sotayotgan eronliklar, Tehron, Eron, 2022-yil, 29-yanvar

Turli iqtisodiy sanksiyalarga uchragan Eronda kitobsevar adabiyot ixlosmandlari uchun ham hayot qiyinlashib bormoqda.

“Agar oʻtgan yili 200 betlik roman 400 000 riyolga (1,60 dollar) sotilgan boʻlsa, bugungi kunda uning narxi 1 000 000 riyol (4,10 dollar) boʻlib, buning katta qismi ishlab chiqarish xarajatlariga ketadi”, - deydi “Ofoq” nashriyot uyi rahbari Rizo Hoshiminajod.

Eronda qog'oz xom ashyosi ishlab chiqarilmaydi; nashriyotlar uni import qiladi. Qog’oz sanksiya ostida bo'lmasa-da, u uchun to'lov xorijiy valyutada to'lanishi kerak. Bu degani, kitobning narxi to'g'ridan-to'g'ri Eron riyolining o'zgarishiga bog'liq.

Shunday qilib, nashriyotlar nafaqat nashr etilgan kitoblar sonini, balki shrift hajmini qisqartirish orqali ham chop etiladigan sahifalar sonini qisqartirmoqda.

"Nashriyotlar katta inqirozni boshidan kechirdi. Bu soha yashab qolish masalasi bilan yuzlashayotgan bo’lishi mumkin", - deydi “Houpa” nashriyoti vakili Emili Amray.

Dunyo bo'ylab noshirlar o’quvchilar sonining kamayotgani bilan bog’liq muammo bilan olishsa, Eronda muammo faqat bu bilan cheklanmaydi.

Sobiq prezident Donald Tramp 2018-yilda Eron yadro dasturi yuzasidan qabul qilingan xalqaro shartnomadan AQShni bir tomonlama olib chiqib, Tehronga nisbatan keskin iqtisodiy sanksiyalarni joriy qilgan edi.

“AQSh sanksiyalari 2018-yilda tiklanishi bilan qogʻoz narxi koʻtarildi”, - deydi Amray.

"Eronda kitob sotish - mo'jiza"

Avstriyada Eron bilan kelishuvni qayta tiklash bo'yicha xalqaro muzokaralar qaytadan boshlangan. Ammo yakuniy kelishuvga erishilguncha sanksiyalarning salbiy ta’siri faqat kuchayib boradi.

“Valyutamizning AQSh dollariga nisbatan qadrsizlanishi, dollarda toʻlanadigan qogʻoz narxining jahon bozorida oʻsishi va transport xarajatlarining koʻtarilishi nashriyot sohasini parokanda qildi”, - deydi bolalar kitoblariga ixtisoslashgan “Houpa” nashriyoti egasi Husayn Motevali.

Eronda kitob narxlari qat'iy belgilanganligi sababli, foyda darajasi qog'ozning tez o'zgaruvchan narxiga bog'liq.

“Qoʻlyozmani olish, uni joylashtirish va kitob narxini belgilash oraligʻida qogʻoz narxi birdaniga koʻtarilsa, men hamma narsani yoʻqotishim mumkin”, - dedi Hoshiminajod.

"Mening taqdirim o’zgaruvchan valyutalar ixtiyorida”, - deya qo’shimcha qiladi u.

Mualliflar, qanchalik mashhur bo’lishi yoki bo’lmasligidan qat’ nazar, kitobdagi sahifalar soniga qarab maosh oladi.

"Kitob sotish bugungi kunda mo'jizadek gap, chunki mijozlarning aksariyati o'rta sinfga mansub va iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda ular, avvalo, oziq-ovqat kabi zarur tovarlarni olishga e’tibor qaratadi", - deydi Hoshiminajod. - Haqiqatan ham, odamlar qanday qilib bu narxlarda kitob sotib olishlariga hayronman".

Erondagi kitob do‘konlari dunyoning istalgan nuqtasidagi do‘konlarga o‘xshaydi. Ommabop eronlik yozuvchilarning javonlari qatorida xorijiy asarlarning tarjimalari ham bor - XX asr Yevropa klassikasidan tortib, mustaqil ta’lim va psixologiya kitoblarigacha.

Meri Trampning amakisi Donald Tramp haqidagi xotiralari, shuningdek, AQShning sobiq birinchi xonimi Mishel Obamaning esdalik kitobi ham soʻnggi paytlarda fors tiliga tarjima qilingan.

“Xaridor yangi narxlardan "shok"ka tushadi”

Inqiroz chuqurlashgani sari bir qancha kichik nashriyotlar o’z faoliyatini to’xtatdi.

“Ajoyib asarlar chop etgan koʻplab mustaqil nashriyotlar buguni kunda bozordan chetlashtirildi”, - dedi Amrai.

Yirik nashriyotlar omon qolish uchun moslashishga majbur bo'lmoqda.

“Biz mijozlarimizni saqlab qolish uchun foydamizni imkon qadar kamaytirdik, chop etish va sahifalashni kamaytirdik, qog‘ozdan qochish va xarajatlarni kamaytirish uchun raqamli kitoblarni nashr qildik”, - dedi Hosheminajod.

"Ammo bu hatto eng mustahkam kompaniyalar uchun ham bir yoki ikki yil davom etadi", - deya qo’shimcha qildi u.

Hozircha, qog'oz narxining so'nggi o'sishidan oldin chop etilgan kitoblar hisobiga nashriyotlar o’zini ta'minlab turibdi, ammo bu zaxiralar kamayib bormoqda.

“Bir necha oy ichida, omborlarda saqlanayotgan kitoblar tugagach, yangi narxlarni ko‘rgan mijoz shok bo‘ladi”, — deya ogohlantirdi Hoshiminajod.

Tehronning asosiy kitob bozori bo'lgan Engelab ko'chasida nafaqadagi o'qituvchi, 60 yoshli Behjat Mazlumiy ikkinchi qo'l kitoblarni ham sotib olishga qiynalmoqda.

“Yillardan beri kitob sotib ololmayapman, - dedi Mazlumiy. – Hatto ko‘cha sotuvchilari ham kitoblarni juda qimmat narxda sotishadi”.

Narxlarning oshishi boshqa oqibatlarga ham olib boradi, deydi ekspertlar.

Adabiyotga kirish imkoni allaqachon cheklangan qashshoq hududlarda bolalar tez orada kitoblardan butunlay uzilib qoladi, deydi Hoshiminajod.

“Bugun biz baʼzi hududlarda fors tilida ham toʻgʻri gapira olmaydigan odamlarni koʻryapmiz. Ular, albatta, yanada ko’proq qiyinchiliklarga duch keladi", - deya qo’shimcha qiladi u.

Amerika Manzaralari: Eron, global ta’minot, davomiy COVID
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:30:00 0:00

re

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG