Breaking News

Kuzatuvchilar: Rossiya-Ukraina muzokaralarida siljish bor


Turkiya va Rossiya tashqi ishlar vazirlari Moskvada Ukraina bo'yicha uchrashuv o'tkazdi, 2022-yil, 16-mart
Turkiya va Rossiya tashqi ishlar vazirlari Moskvada Ukraina bo'yicha uchrashuv o'tkazdi, 2022-yil, 16-mart

Ukraina va Rossiya rasmiylari 3 haftadan buyon davom etayotgan urushda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarda ijobiy siljish borligini aytmoqda. Ekspertlarga ko’ra, urush rejalanganidan ko’ra ancha uzoq davom etgani uchun Rossiya o’z qarashlarini o’zgartirishga majbur bo’lmoqda.

Ammo AQSh Davlat kotibi Entoni Blinkenning aytishicha, Rossiya diplomatiyaga jiddiy yondashayotganiga oid hozircha hech qanday dalil mavjud emas.

"Bir tomondan, kunning har daqiqasida bombardimon qilinayotganiga qaramay, muloqot qilishga tayyorligi uchun Ukrainani olqishlayman. Shu bilan birga, men Rossiya tomonidan oʻzi boshlagan urushni diplomatik yo’l bilan nihoyasiga yetkazish bo’yicha biror arzirli ish qilinganini ko’rmadim”, - dedi AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken.

Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiy payshanba kuni eʼlon qilingan video murojaatida muzokaralardan kutayotgan asosiy maqsadlarini e’lon qildi.

"Muzokaralar davom etmoqda. Muzokaralardagi mening ustuvor yo'nalishlarim mutlaqo aniq: urushning tugashi, xavfsizlik kafolatlari, suverenitet va hududiy yaxlitlikni tiklash", - dedi Ukraina rahbari.

Xalqaro hayot - 2022-yil, 18-mart
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:20 0:00

Zelenskiyning taʼkidlashicha, hozirgacha Moskva Ukraina hududida Suriya va Chechenistonda va hatto o’tgan asr Afgʻonistonda olib borgan uzoq yillik urushlaridan ham ko’ra koʻproq yoʻqotishlarga uchragan. Mutaxassislarning “Amerika Ovozi”ga aytishicha, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukrainada bunday keskin qarshilikka uchrashini kutmagan va Kiyev ostonasida Rossiya askarlarining turib qolishi uning muzokaralar pozitsiyasida sezilarli oʻzgarishlarga olib kelgan.

Bu orada Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li urush boshlanganidan buyon Ukrainaga ilk bor tashrif buyurib, Lvov shahrida Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba bilan uchrashdi.

Uning bu safari Moskvaga tashrifi va chorshanba kuni Lavrov bilan o‘tkazgan qo‘shma matbuot anjumani ortidan amalga oshirildi.

Chavusho’g’lining aytishicha, uchrashuvda Kuleba taklif etilayotgan “Kollektiv xavfsizlik shartnomasi”da Turkiya, Germaniya va BMT Xavfsizlik Kengashining 5 doimiy a’zosidan Ukraina xavfsizligi uchun kafolat bo’lishni so’ragan.

Uning yana aytishicha, Moskvaga tashrifi chogʻida Rossiya bunday taklifga qarshi emasligini bildirgan.

U har ikki tomon uchun maqbul bo'lgan kelishuvni topish bo’yicha ishlar davom etayotganini aytdi.

Chavusho‘g‘li, shuningdek, “kelishuv uchun asoslar” ishlab chiqilsa, Rossiya va Ukraina prezidentlarining uchrashish “imkoniyati” yo’lga qo’yilishini ta’kidlab, Turkiya bunday uchrashuvga mezbonlik qilishga tayyor ekanini qo‘shimcha qildi.

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Moskva va Lvovga tashrifi ortidan o’t ochishni to’xtatish bo’yicha kelishuvga erishilishidan umidvor ekanini bildirdi.

Ukraina Tashqi ishlar vaziri Kulebaga ko’ra esa, urushni tugatishning yagona yo‘li Putin bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o’tkazishdir.

"Biz asosiy e’tiborni Ukraina va Rossiya prezidentlarining uchrashuvini tashkil qilish uchun qaratishga kelishib oldik, chunki bu urushni tugatish bilan bog'liq barcha asosiy masalalarni faqat Prezident Putin bilan hal qilish kerakligini tushunamiz", - dedi Ukraina tashqi ishlar vaziri.

Rossiya-Ukraina bitimga yaqinlashmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:01 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG