Breaking News

Ukrainadagi urush jinoyatlarini aniqlash uchun AQSh maxsus programma boshladi


Bucha, Ukraina, 12-aprel, 2022
Bucha, Ukraina, 12-aprel, 2022

Rasmiylarning ta'kidlashicha, AQSh Davlat departamenti Ukrainadagi urushda Rossiya amalga oshirayotgan jinoyatlarni qayd etish, tahlil qilish va isbot-dalil to'plash uchun maxsus dasturni ishga solmoqda. Maqsad - Moskvani javobgarlikka tutish.

"Conflict Observatory", ya'ni "Mojaro observatoriyasi" deb atalgan programmaga Rossiya harakatlarini hujjatlashtirish, aniqlash va tasdiqlash kiradi. Dastur to'plami ochiq manba bo'ladi.

Prezident Jo Bayden Rossiya Ukrainaga bostirib kirib, hujumlarga zo'r berganidan beri Kremlni urush jinoyatlarida ayblab keladi. Yevropada Ikkinchi jahon urushidan beri yuz bergan eng katta mojaro sababchisi va unda begunoh insonlar qonini to'kayotgan taraf - Rossiya, deydi Bayden.

Kiyevga ko'ra, qo'shni davlat kuchlari hozirgacha 10 mingdan oshiq urush jinoyatlari qilingani aniqlangan.

Saltivka tumani, Xarkov, Ukraina, 17-may, 2022
Saltivka tumani, Xarkov, Ukraina, 17-may, 2022

Rossiyaga ko'ra esa urushda fuqarolar nishonga olinmayapti; hech qanday isbot-dalilsiz bunday ayblovlar yog'dirish - uydirma.

6 million dollar sarflanadigan "Mojaro observatoriyasi" sun'iy yo'ldosh orqali olingan tasvirlar, ijtimoiy tarmoqlardan ishonchli ma'lumotlarni ham bir joyga to'playdi.

"Rossiyaning qonli harakatlari xatlab boriladi. AQSh va uning hamkorlari uni javobgarlikka tutib, adolatni ta'minlashga bel bog'lagan", - deyiladi Davlat departamenti.

Ukrainada sud urush jinoyatlari bilan bog'liq ilk da'voni ko'rib chiqmoqda. Unda Rossiya askari, hozirda asir, 62 yoshli ukrainni hech bir sababsiz o'ldirganlikda ayblanadi.

Rossiya Ukraina shaharlariga bomba tashlaganida yuzlab insonlarning yostig'i qurigan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG