Breaking News

AQShning yirik shaharlarida aholi soni qisqardi


Los-Anjeles
Los-Anjeles

Ko Im bir umr Nyu-Yorkda yashab qolaman deb o’ylagan edi. Manxettenning har bir nuqtasini yaxshi biladigan Im shaharda do’stlar orttirish uchun faol harakat qilgan. COVID-19 pandemiyasi boshlanganida asosan kichik kvartirasida qolib ketgach, uning hayotga munosabati o’zgardi. 2020-yil yozida Sietldan ish topgan ukasi bilan birga ko’chib ketdi.

“Pandemiya mening qay tarzda va qayerda yashash to’g’risidagi qarashlarimni o’zgartirib yubordi”, - deydi 36 yoshli Im.

Amerikaga sayohat: Manxetten
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:28 0:00

Pandemiya girdobida AQShning eng yirik 10 shahridan sakkiztasida aholi soni qisqardi. Ro’yxatda Nyu-York, Los-Anjeles va Chikago yetakchilik qilmoqda. 2020-yilning iyulidan 2021-yil iyuliga qadar 350 mingdan ziyod aholi Nyu-Yorkni tark etgan. Bu ko’rsatkich Chikagoda 45 ming, Los-Anjelesda 40 ming kishini tashkil etgan.

San-Fransisko katta shaharlar o’nligiga kirmasa-da, 2020-yil holatiga ko’ra aholisining 6,3 foizi, ya’ni qariyb 55 ming kishini boy bergan. Bu AQSh miqyosidagi eng yirik ko’rsatkich sifatida qayd etilgan.

Amerikaga sayohat: Los-Anjeles
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:42 0:00

Eng yirik shaharlar ichida San-Antonio va Finiks aholisi ko’paygan. Har ikki shaharga 13 mingga yaqin odam ko’chib kelgan. Bu shaharlar aholisi bor-yo’g’i bir foizga oshgan.

G’arbiy Virjiniya shtatida yashagan Jastin Jordan ko’proq maoshli ishga joylashib Finiksga ko’chib kelgan. Garchi yo’llardagi tirbandlik va 43 daraja jaziramaga ko’nikish oson kechmagan bo’lsa-da, u o’z qaroridan mamnun.

Amerikaga sayohat: Finiks
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:14 0:00

AQSh aholini ro’yxatga olish byurosi mart oyida e’lon qilgan hisobot 2020-yil o’rtasidan 2021-yilga qadar shahar va okruglarda yuz bergan o’zgarishlarni o’z ichiga olgan. Unga ko’ra, 97 mingdan ziyod odam ko’chib kelgan Dallas metro hududi eng yirik ko’rsatkichga ega. Biroq Dallas shahrining o’zi qariyb 15 ming aholisini boy bergan.

Amerikaga sayohat: Dallas
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:36 0:00

Ekspertlarga ko’ra, uy-joy narxlari, ish o’rinlari, tug’ilish va o’lim nisbati shaharlar aholisining soniga ta’sir qilgan asosiy faktorlardan. Koronavirusga chalinish hollarining yuqori ekani, karantin va izolyatsiya, narx o’sishi gavjum shaharlarda yashash istagini so’ndirgan. Pandemiya davrida masofadan ishlashga o’tgan shaxslar tinchroq va xavfsiz joylarga ko’chib ketishni afzal ko’rgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG