Oʻshlik jurnalist Shohrux Soipov oʻziga nisbatan oxirgi kunlarda turli tahdidlar boʻlayotganini bildirdi. Tahdidlar Oʻsh aeroportidagi va “Doʻstlik” chegara postidagi taksi haydovchilarining oʻzbekistonliklarga nisbatan zoʻravonliklarini yoritganidan keyin avj olgan.