Breaking News

AQShdagi saylovlarga chetdan aralashish xavfi hanuz bormi?


Xalqaro hayot – 4-noyabr, 2022-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:55 0:00

AQShda Kongress uchun oraliq saylovlar yaqinlashar ekan, tashqi kuchlarning saylovga ta’sir o’tkazishi yuzasidan yangi xavotirlar o’rtaga chiqmoqda.

Razvedka bo’yicha tahlilchi Brayn Listonning taʼkidlashicha, 2022-yil davomida ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyada ochilgani taxmin qilinadigan ko’plab sahifalarda deyarli hech qanday harakat kuzatilmagan.

Ammo avgust oyida AQShda oraliq saylovlar munosabati bilan siyosiy jarayon faollashishi ortidan bu sahifalarda ham jonlanish kuzatilgan.

“Biz bu profillar yana harakatga tushganini ko'rdik. Ular saylovda firibgarliklar yuz berishi yoki saylovlar soxta bo'lishi haqida ko’p gapirishadi. Demokratlar saylovni o‘g‘irlashga urinmoqda, degan gaplarni eshitasiz”, - deydi Liston.

Liston kiberxavfsizlik bo'yicha ekspertlar, davlat idoralari va boshqa tadqiqotchilarni o’z ichiga oluvchi tarmoq a’zosi. Ular ijtimoiy tarmoqlar, veb-saytlar, davlat ommaviy axborot vositalari va huquq-tartibot idoralari ma’lumotlarini kuzatib, Rossiya, Xitoy va Eron kabi davlatlardan bo’ladigan dezinformatsion tahdidlarni aniqlaydi.

AQSh siyosatchilari saylovoldi zo’ravonlikni qoralamoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:58 0:00

Rossiyalik guruhlar saylov tizimiga ishonish mumkin emas, degan fikrni ijtimoiy tarmoqlar orqali singdirishga urinishadi, deydi Liston.

Xitoyliklar esa, deydi u, ovoz berish tizimiga oid xavotirlar ko’payganini Amerika demokratiyasi ishlamayotganining belgisi sifatida ko’rsatmoqda.

“Ular saylovga oid firibgarliklar haqida gapirar ekan, saylov kuni kelganda saylov uchastkalari xodimlariga qarshi qandaydir zo'ravonlik yoki tahdid qilishga undovchi chaqiriqlarni kuchaytirishlaridan xavotirdamiz. Ularni yaqindan kuzatib boryapmiz”, - deydi Liston.

Ikki yil oldingi prezidentlik saylovlarida bir qator shtatlarda saylov firibgarliklari yuz bergani haqida da’volar chiqdi. Ular orasida Arizona ham bor. Bu yerda ovozlar qayta saylangach, Jo Baydenning g'alabasi tasdiqlandi. Ko'plab Donald Tramp tarafdorlari hanuz saylov undan o'g'irlanganini aytishda davom etmoqda. Ular orasida Arizona gubernatorligiga nomzod respublikachi Kari Leyk ham bor.

Arizonalik saylovchi Miriam Mitchellning aytishicha, xavf ostida turgan narsa Kongressdagi nazorat emas, balki demokratiyadir.

“Ba’zida g‘alaba qozonamiz, gohida yutqazamiz. Gohida g‘alaba qozona olmasak, mash’alani ikkinchi tomonga tutqazishimiz kerak. Amerikaning buyukligi shunda, bu bizning demokratik jarayonimiz. Biz uni saqlab qolishimiz kerak”, - deydi saylovchi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG