Breaking News

16-noyabrda Moskvada Afg'onison muhokama qilinadi


"Moskva formati" 2016-yilda tuzilgan. U paytdagi maqsad Kobuldagi xalqaro quvvatlangan hukumat va Tolibonni til topishishga undash edi.
"Moskva formati" 2016-yilda tuzilgan. U paytdagi maqsad Kobuldagi xalqaro quvvatlangan hukumat va Tolibonni til topishishga undash edi.

Rossiya 16-noyabr kuni Afg'onistondagi vaziyat yuzasidan xalqaro muloqotga mezbonlik qiladi.

Xitoy, Hindiston, Qozog'iston, Eron, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O'zbekiston maxsus vakillari ishtirok etadi. Bu guruh allaqachon "Moskva formati" degan davra sifatida tanilgan.

"Afg'onistondagi harbiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va gumanitar ahvol muhokama qilinadi, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlik", - deydi Rossiya Tashqi ishlar vazirligidan Mariya Zaxarova.

Afg'onistondan, xususan Tolibon ma'muryatidan hech kim qatnashmaydi, vaholanki, "Moskva formati" uchrashuvlariga oldin ular ham kelgan.

Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga ko'ra, xalqaro muloqot ketidan u Tolibon bilan alohida gaplashib, tafsilotlarni yetkazadi. Lavrov boshqa afg'onlar bilan ham so'zlashadi, xususan Tolibonga qarshi siyosiy guruhlar bilan.

"Biz Tolibon bilan yaqin aloqadamiz va ulardan yashiradigan sirimiz yo'q", - deydi Lavrov.

Rossiya hukumati, rasmiylarning qayd etishicha, Afg'onistonda barcha siyosiy taraflarni aks ettirgan boshqaruv bo'lishini va aholining, jumladan ayollarning erkinligi ta'minlanishini istaydi.

"Bunga harakatlarni ko'rmayaptmiz. Kobuldagi rahbarlar zarur jadallik bilan ishlashmayapti, xalqqa bergan va'dalarini bajarmayapti", - deydi Lavrov.

Tolibon Tashqi ishlar vazirligi Moskvada kutilayotgan uchrashuvga ishonch bildirmagan, uni yoqlamagan.

"Baxtimizga Afg'oniston hozir o'z mustaqil, mas'uliyatli va qonuniy hukumatiga ega. Xavfsizlik va chegaralar himoyasi qo'limizda. Qo'shnilar, mintaqaviy va boshqa davlatlar bilan siyosiy, iqtisodiy va xavfsizlik masalalalarini o'zimiz hal qila olamiz", - deyiladi vazirlik bayonotida.

"Shuning uchun biz haqimizda Afg'onistonsiz o'tadigan uchrashuvlar aks natija beradi deb hisoblaymiz".

"Moskva formati" 2016-yilda tuzilgan. U paytdagi maqsad Kobuldagi xalqaro quvvatlangan hukumat va Tolibonni til topishishga undash edi.

2012-yilning avgustida hokimiyatni egallagan Tolibon hali biror davlat tomonidan tan olinmagan. Xalqaro hamjamiyat unga plyural tizimga yo'l berish, matbuot erkinligi va xotin-qizlar huquqlarini hurmat qilish kabi talablarni qo'ygan.

Tolibon esa uning boshqaruvi islomiy qonunlarga va afg'on madaniyatiga asoslanganini ta'kidlaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG