Breaking News

Tolibon xorijiy jurnalistlarni haydamoqda


Kobulda Amerikaga qarshi namoyishlar, 15-fevral, 2022
Kobulda Amerikaga qarshi namoyishlar, 15-fevral, 2022

Mahalliy jurnalistlarga bosim va cheklovlarni bo'shashtirmayotgan Tolibon endi xorijiy jurnalistlarni ham ogohlantira boshlagan. Kobuldagi rahbarlar biror materialni noxolis va tanqidiy deb topsa, muxbirlar haydaladi.

G'arblik jurnalist Stefani Glinski Afg'onistonga kira olmayapti. Qator xalqaro axborot vositalariga maqolalar uzatadigan Glinski to'rt yildan beri bu mamlakatda edi. Materiallarida xotin-qizlar hayoti va ijtimoiy masalalarga diqqat qaratadi.

“Tolibon men bilan bog'lanib, hisobot talab qildi. Ular meni uydirmada ham ayblashdi", - deydi Glinski 10-oktabrdagi tvitida.

Tolbon jurnalist bilan "WhatsApp" orqali gaplashib, uning manbalarini surishtirgan. Biroq jurnalist ularni bermagan.

“Ularning aytishicha, endi toliblar hammani javobgarlikka tutar emish va qonunlar va tartib buzilsa, jazolanar emish. Vizalar bekor qilinar emish yoki Afg'onistondan haydalasiz", - deya yozadi Glinski.

Tolibon "Amerika Ovozi"ning bu boradagi savollariga javob bermaydi.

"Foreign Policy" jurnali muxbiri Lin Odonnel iyul oyida hibsga olingan. Jurnalist uni azoblashganini va video hamda ijtimoiy tarmoqlarda tuhmat yozishga majburlashganini aytadi.

Muhammad Xolid Hanafiy, Tolibonning Ahloqiy masalalar bo'yicha vaziri
Muhammad Xolid Hanafiy, Tolibonning Ahloqiy masalalar bo'yicha vaziri

Odonnell "Amerika Ovozi" bilan suhbatda deydiki, Tolibon - "yolg'onchilar, qotillar, jinoyatchi va terroristlardir."

“Ular bu ishlarining fosh etilishini xohlarmidi? Yana ular tan olinish ilinjida bo'lsa?", - deya so'raydi u.

Tolibonga ko'ra esa Odonnellni ularning nufuzini tushirish uchun yolg'on tarqatgan, ularni yalpi jinoyatlarda ayblagan.

Bu yil Tolibon pokistonlik va hindistonlik jurnalistlarni ham chiqarib yuborgan.

Britaniyalik jurnalist Ivon Ridli yillar oldin 11 kun Tolibon qamog'ida o'tirgan. Muxbirlarga viza bermaslik hollari G'arbda ham kuzatiladi, deydi u, xususan AQShda.

Ridli Afg'onistonga bemalol kirib-chiqayotganini bildiradi.

“Vazirliklarga kira oldim, shuningdek, xotin-qizlar bilan muloqot qildim", - deydi Ridli.

Kobul, 17-avgust, 2022
Kobul, 17-avgust, 2022

Ayrim tolib siyosatchilar, masalan, Ichki ishlar vaziri Sirojiddin Haqqoniy chet el axborot vositalariga intervyular bergan.

Tolibon o'tgan yili hokimiyatni egallaganidan beri ko'plab media, xorijlik va mahalliy jurnalistlar mamlakatni tark etgan.

540 axborot vositasidan 215 tasi yopilgan. "Chegara bilmas muxbirlar" tashkiloti aniqlashicha, shu kunlarda bir paytning o'zida bir necha chet ellik muxbir nazoratga olingan.

Tolibonning asosiy bahonasi, deydi kuzatuvchilar, u yoki bu jurnalistning go'yoki islomga zid harakat qilayotgani yoki musulmonchilikka hurmatsizlik qilayotgani. Kobuldagi boshqaruvga ko'ra, Afg'oniston haqida uydirma tarqatganlarga toqat qilinmaydi.

Huquq tashkilotlari tobora avj olayotgani bu kampaniyani qoralamoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG