Breaking News

Afg'onistonda ikki jurnalist bedarak ketgan


Kobulda matbuot anjumani, 24-may, 2022
Kobulda matbuot anjumani, 24-may, 2022

Tolibon boshqaruvidagi Afg'onistonda ikki jurnalist bir haftadan beri dom-daraksiz va hamkasblar hukumatdan ularni qidirib, javobgarlarga nisbatan chora ko'rishni talab qilmoqda.

Ali Akbar Xayrhuvo va Jamoluddin Dildor oxirgi marta 24-may kuni ishda bo'lgan. Jurnalistlar, yaqinlari va tanishlarning aytishicha, o'shandan beri hech yerda ko'rinmagan, aloqaga chiqmagan.

Xayrhuvo "Subh-e-Kabul" gazetasining fotografi va talaba. Oilasiga ko'ra, Tolibon uning taqdiridan bexabar ekanini bildirgan va qidiruv e'lon qilinmagan.

Dildor esa "Gardiz ovozi" degan radioning rahbari. Paktika viloyatidan efirga chiqadigan kanal xodimlari uning yo'qolishida mahalliy rasmiylarni qumon qilmoqda, biroq sababla mavhum.

Jurnalistlarning xalqaro federatsiyasi Tolibonni bu jurnalistlarni darhol izlay boshlashga chaqirmoqda. Boshqaruv media xavfsizligi uchun mas'ul, deydi tashkilot. Afg'onistondek beqaror muhitda jurnalistlarni himoya qilishda hukumat yanayam muhim rol o'ynaydi.

“2021-yilning avgustidan beri, ya'ni toliblar hokimiyatdan kelganidan buyon jurnalistlarga hujumlar, ularni o'g'irlash va hibsga olish hollari, ularga tazyiqlar oshgan. Tolibon buni qanchalik inkor etmasin, media muhit doimiy tahdid ichida",- deyiladi federatsiya bayonotida.

Tolibon hukmronligi ostida mamlakatda yuzlab axborot vositalari yopildi va minglab jurnalistlar ishidan ayrildi. Ayollarga mediada ishlash bag'oyat qiyinlashgan, chunki ular ko'rinmasligi lozim. Dasturlar hozir asosan islomiy targ'ibotdan iborat va toliblarni shu sabab toliblar xotin-qizlarni ekrandan chetlashtirayotganini aytadi. Ko'rinsa ham faqat ko'zi ochiq bo'lishi kerak.

O'tgan bir yilda Afg'onistonda taxminan 1000 jurnalist chiqib ketgan.

Xalqaro tashkilotlar hisobicha bu vaqtda muxbirlar va muharrirlarning huquqlari qo'pol ravishda buzilgan 75 holat qayd etilgan. 12 jurnalist o'ldirilgan, 30 nafari hibs qilingan.

Jurnalistlarni himoya qilish qo'mitasi ham Tolibonning mediaga nisbatan siyosatini qoralamoqda.

“Tolibon jurnalistlarga nisbatan tahdid va ular chekayotgan azob uchun javobgar. Axborot yig'ish va tarqatish jarayoniga hukumat aralashmasligi lozim, xususan ayollarni yuzini yopishga majburlash siyosatidan voz kechishi kerak", - deyiladi qo'mita bayonotida.

Tolibonga ko'ra, xotin-qizlar yuzini ko'rsatmasligi islomiy shartdir.

Afg'on telekanallarida bugun seriallar, drama va ko'ngilochar dasturlar ko'rsatilmaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG