Breaking News

Urumchida namoyishlar ketidan ayrim cheklovlar yumshatildi


Urumchi, 26-noyabr, 2022
Urumchi, 26-noyabr, 2022

Xitoyning Shinjon-Uyg’ur avtonom hududida uch oydan beri davom etayotgan kuchli karantin choralari norozilik namoyishlariga turtki berganidan so’ng Urumchi shahrida ba’zi mahallalar qayta ochilgan.

Shu hafta ko’p qavatli binoda 10 kishining o’limiga sabab bo’lgan yong’in aholi g’azabini qo’zg’agan. Olovni o’chirishga uch soat vaqt ketganiga, qutqaruvchilar binoga tezda kira olmaganiga ko’pchilik kovid bilan bog’liq cheklovlarni sabab qilib ko'rsatadi.

Urumchidagi yong'in, 24-noyabr, 2022
Urumchidagi yong'in, 24-noyabr, 2022

Namoyishlar va ijtimoiy tarmoqlardagi shikoyatlar Xitoyda virusni nazorat qilish bo’yicha choralar yuzasidan xalq g’azabi oshib borayotganini ko’rsatadi. Xitoy pandemiyani jilovlash uchun hanuz ommaviy testlar va karantindan foydalanayotgan yagona yirik davlatdir.

Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan videolarda odamlar “oching, oching” deya hayqirayotgani, oq kiyimdagi hukumat xodimlarini itarayotganini ko’rish mumkin. Bu videolar ko'p o'tmay Xitoydagi platformalardan o'chirib tashlangann.

Onlayn muhokamalarda esa Qatarda jahon chempionati o’yinlarida tomoshabinlar niqobsiz yurgan bir mahalda Xitoy hali ham o’z shaharlarida karantin joriy etayotgani savolga tutiladi.

“Dunyoning 120 dan ortiq davlati kovid cheklovlarini ancha avval bekor qilgan. Nega ular Xitoy fuqarolaridan erkinroq yashashi kerak? Chempionatning ochilish marosimida biror kishini niqobda yoki kirishda test natijasini ko’rsatayotganini ko’rmadim. Ular bizdan boshqa sayyorada yashayaptimi?”, – deb so’raydi xitoyliklardan biri.

Urumchida har kuni 100 tacha kovid holati qayd etilmoqda. O’tgan 15 soat ichida Pekinda 2524 ta infeksiya aniqlangan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG