Kiyev ahli urush boshlanishini qanday eslaydi?
Ukrainalik jurnalist Olga Komarova xotiralari: “Rossiya hujumga o’tganda men Kiyevda edim. Ertalab portlashlar boshlandi. Avvaliga urush ochilganiga ishonch kam edi. Men tinimsiz yangiliklarni kuzatdim, soat sayin vahima oshardi, odamlar shaharni tark etishga tushdi. Tinimsiz portlashlar bo’ldi, yonimizdagi aeroport nishonga olinayotgan edi. Biz oynalarni skotchlab, yechinmasdan, koridorda uxlardik. Shaharni tark etmagan aholi esa istehkomlar qurishga kirishdi, shahar himoyasiga qo’shildi. Men odamlarga choy qilib berdim, yegulik tayyorladim. Ukam tunda blokpostda edi, chunki shaharga rus tanklari bostirib kirishi kutilayotgan edi. Nimalar bo’lishi mavhum, hayotimdagi eng qo’rqinchli damlar edi. Men hali hayotimda bunday qo’rquvni his etmagan edim. Nima qilishni bilmaysan, tahlika shunchalik kuchliki, tanang o’z-o’zidan titraydi. Men Ukraina qurolli kuchlari ishg’oldagi hududlarni, jumladan Kiyev viloyatini ham ozod qilishganidan so’nggina yaqinlarimni ko’rish uchun Odessaga borib keldim”.
Siz uchun
-
Dekabr 22, 2024
Nyu-York maktablarida dehqonchilik mashg’ulotlari
-
Dekabr 21, 2024
Elektromobil sanoati Tramp ma'muriyatidan nimalarni kutmoqda?
-
Dekabr 21, 2024
Lola Karimovaning Toshkentdagi ko'rgazmasi
-
Dekabr 20, 2024
Baydendan Trampga: Oq uydagi yangilanish qanday kechadi?
Facebook Forum