Breaking News

Isroil noqonuniy aholi punktlarini qonuniylashtirmoqda


G'arbiy Sohil, Falastin
G'arbiy Sohil, Falastin

Isroil parlamenti 2005-yilgi qonunga o'zgartirish kiritib, bosib olingan G'arbiy Sohildagi to'rtta aholi punktiga yahudiylarning qaytishiga ruxsat berdi.

Isroil parlamentining Tashqi ishlar va mudofaa qoʻmitasi rahbari Yuliy Edelshteyn bu harakatni “oʻziga tegishli boʻlgan vatan hududlarida haqiqiy qayta tiklash va Isroilni barpo etish yoʻlidagi birinchi va muhim qadam” deb baholadi.

1967-yilgi urushdan beri Isroil falastinliklarga tegishli hududlarda 140 ga yaqin aholi punktlarini barpo etgan; ularda hozir 500 000 dan ortiq yahudiy yashaydi. Ruxsat etilgan aholi punktlaridan tashqari, ko'chmanchilar hukumat ruxsatisiz ko'plab mahallalar qurgan.

Xalqaro hamjamiyatning aksariyati Isroil 1967-yilgi urushda egallab olgan hududda qurilgan turar-joylarni xalqaro huquqqa muvofiq noqonuniy, ularning kengayishini esa tinchlikka toʻsiq deb biladi.

Bosh vazir Benyamin Netanyaxu tuzgan ekstremist o‘ng qanot koalitsiyaning birinchi yirik qadamlaridan biri sifatida qabul qilingan bu qaror Isroil va Falastin o’rtasidagi ixtilofni yanada kuchaytirishi kutilyapti.

Falastin maʼmuriyati qarorni keskin qoraladi.

"Bu qoralangan va rad etilgan qaror va u xalqaro qonuniylikning barcha rezolyutsiyalariga ziddir", - dedi Falastin Prezidenti Mahmud Abbosning matbuot kotibi Nabil Abu Rudeyna “Reyter” agentligiga.

Seshanba kuni Yevropa Ittifoqi ham Knesset qarorini qoralab, u "eskalatsiyani kamaytirishga qaratilgan sa'y-harakatlarga qarshi" va Isroil-Falastin mojarosini hal qilishdan "ortga chekinish" ekanini aytdi.

"Biz Isroilni ushbu qonunni bekor qilishga va allaqachon o'ta keskin vaziyatni yumshatishga hissa qo'shadigan choralar ko'rishga chaqiramiz", - dedi Yevropa Ittifoqi vakili.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG