Breaking News

Finlyandiya endi NATO safida


4-aprel, 2023: Finlyandiya Tashqi ishlar vaziri Pekka Haavisto AQSh Davlat kotibi Entoni Blinkenga uning mamlakati NATOga kirishga tayyor ekani haqidagi hujjatni taqdim etmoqda
4-aprel, 2023: Finlyandiya Tashqi ishlar vaziri Pekka Haavisto AQSh Davlat kotibi Entoni Blinkenga uning mamlakati NATOga kirishga tayyor ekani haqidagi hujjatni taqdim etmoqda

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg e'lon qilishicha, Finlyandiya bugundan binoan bu ittifoq a'zosi.

Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkilotidagi 30 davlatning har biri buni ma'qullagan.

Finlyandiya Rossiya bilan 1 ming 340 kilometr chegaraga ega.

Kreml bunday kengayishga azaldan qarshi, lekin endilikda NATO bilan chegara ikki marotaba uzunlashmoqda.

“Tarixiy voqea bu. Finlyandiya endi xavfsizroq bo'ladi. Bizning alyansimiz esa mustahkamroq”, - deydi Stoltenberg.

Xo'sh, 31-a'zoga aylanish qanday kechadi?

Boshqa a'zolar Finlyandiya kirishi qarshi emasligini aks ettiruvchi notalarni birma-bir AQShga topshiradi. 1949-yildagi kelishuvga asosan bunday hujjatlarni Amerika saqlaydi.

Finlyandiya Tashqi ishlar vaziri Pekka Haavisto AQSh Davlat kotibi Entoni Blinkenga uning mamlakati NATOga kirishga tayyor ekani haqidagi hujjatni taqdim etgan.

4-aprel, 2023: Finlyandiya Prezidenti Sauli Niinisto Bryusselda NATO qarorgohi oldida so'zlamoqda. Uning davlati bayrog'i endi a'zolar qatorida hilpirab turibdi.
4-aprel, 2023: Finlyandiya Prezidenti Sauli Niinisto Bryusselda NATO qarorgohi oldida so'zlamoqda. Uning davlati bayrog'i endi a'zolar qatorida hilpirab turibdi.

Taqdimot ketidan davlat rasman NATO a'zosi. Bryusselda tashkilot qarorgohi oldida uning bayrog'i ham hilpiray boshlaydi.

Finlyandiya bu jarayonni qo'shni Shvetsiya bilan o'tgan yilning mayida boshlagan.

Shvetsiya kirishiga Turkiya qashilik bildirmoqda. Hozirda bu masala muhokamada. Anqara shved hukumatini unga qarshi kuchlarni quvvatlaganlikda, jumladan terrorchilarga boshpana berganlikda ayblaydi.

Vengriya parlamenti ham hali Shvetsiya a'zo bo'lishini ratifikatsiya qilmagan.

Stoltenberg bu ikki davlat pirovardida Xelsinkiga yo'l berishiga umid qilmoqda. Oradagi masalalar hal qilinadi, deydi u.

Iyul oyida NATO rahbarlari Litvada yig'iladi. Ungacha Shvetsiya ham qabul qilinishi ko'zlangan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG