Breaking News

Bir guruh fazogirlar Oyga uchish uchun tayyorlanmoqda


Oy sari yo'lga chiqayotgan fazogirlar guruhi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:56 0:00

Oy sari yo'lga chiqayotgan fazogirlar guruhi

Uch nafar amerikalik va bir kanadalik astronavt NASAning “Artemida II” tarixiy missiyasida uchish uchun hozirlanmoqda. Bu 1972-yildan beri birinchi marta Oyga uyushtirilgan sayohat bo’ladi.

“Astronavtlar Oyga sayohat qilganidan beri yarim asrdan ko'proq vaqt o'tdi. Bu endi o’zgaradi", - deydi NASA rahbari Bil Nelson.

Xyustonda amaldagi fazogirlar korpusi hamda “Apollon” va “Space Shuttle” dasturlari faxriylari huzurida gapirgan Bil Nelson “Artemida II” missiyasining to'rt kishilik ekipaji - Kristina Kuk, Viktor Glover, Rid Uaysmen hamda kanadalik Jeremi Xensenni tanishtirdi.

"Bu insoniyat ekipaji", - dedi NASA rahbari.

Rid Uaysmen “Artemida II” missiyasi qo'mondoni; Kristina Kuk va Jeremi Xensen esa missiya mutaxassislari sifatida parvoz qiladi. Kuk Oy missiyasida qatnashayotgan birinchi ayol, Xensen esa bunday sayohatga chiqqan birinchi xalqaro astronavt sifatida tarixga kirishi kutilyapti.

"Biz Oyga, keyin Marsga qaytamiz va buni birgalikda qilamiz. Chunki 21-asrda NASA kosmosni xalqaro hamkorlar bilan tadqiq qilmoqda", - dedi Nelson.

Oradan 50 yil o’tib: Oyga kim uchadi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:20 0:00

AQSh harbiy-dengiz kuchlari piloti Viktor Glover Oy atrofida aylanadigan 10 kunlik missiyada “Orion” kosmik kemasini boshqaradi. Bo‘lajak ekipaj a’zolari oxir-oqibat Oy yuzasiga qo’nishda foydalaniladigan tizim va jihozlarni sinovdan o‘tkazadi.

O‘tgan yili “Artemida 1” missiyasi oldidan “Amerika Ovozi” bilan suhbatlashgan Glover oy missiyasida qatnashayotgan birinchi qora tanli fazogir sifatida o’z qarashlarini bildirgan edi.

“Odamlar mendan, qora tanli bolalar sizga qarab, siz kabi bo'lishni xohlashlarini aytsa, bu sizga nimani anglatadi, deb so’rashadi. Bilasizmi, men Amerika vakiliman. Men dengiz zobitiman va NASAda ishlayman. Men Amerikaning, undagi oq tanli bolalar, meksikalik, ispanzabon va eronlik bolalar vakiliman, chunki bu koinotdagi eng mashhur voqealardan biri bo'lishi mumkin”, - deydi u.

Parvoz nafaqat tarixiy, balki “Artemida II” ekipaji Yerga qaytishdan oldin koinotda hammadan ko’proq - 1 million kilometrdan ortiq masofani bosib o'tgan insonlar guruhi bo’ladi. NASAning ta'kidlashicha, aniq masofa va reja bir qator omillarga, jumladan, missiya boshlanadigan sanaga bog'liq.

Fazogir Rid Uayzmenning aytishicha, agentlik bir necha bor kechikish va ortiqcha xarajatlarga yuz tutganiga qaramay, koinotda o'z maqsadlariga erishish ahdida qat'iy.

"Artemida” dasturida biz tez-tez tilga oladigan uch so'z bor: Biz albatta boramiz" Men hamma shu so’zlarni aytishini xohlayman. Qani, bir, ikki, uch - "Biz albatta boramiz!"

NASA “Artemida II”ni 2024-yilning noyabrida, oy yuzasiga qo’nadigan birinchi missiyasini esa 2025-yilda amalga oshirishni umid qilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG