Breaking News

Talabalar yaratgan “Kobra” Oyni o’rganishda qo’l kelishi mumkin


Oydagi tadqiqotlar uchun yaratilgan ilonsimon robot
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:17 0:00

AQSh Fazo agentligi NASA yaqin yillarda Oyga qaytishni rejalar ekan, bu sayyoradagi sharoitga moslasha oladigan innovatsion robotlarni yaratish bo’yicha bir necha yildan beri tanlov o’tkazib kelinmoqda. Eng yaxshi loyihalarga minglab dollarlik grantlar ajratiladi.

Shimoli-sharqiy universitet talabasi Andre Neto Ketano Floridadan uchgan “Artemida-1” parvozini Kaliforniyadagi mehmonxonadan aypedda tomosha qildi.

“Kelajakda “Artermida-4” uchirilganida balki bizning Kobrani ham o’zi bilan olib ketar. Robotimizning Oyda o’z ishini bajarayotganini tasavvur qildim”, - deydi u.

Floridadagi parvozdan bir kun oldin Ketano va uning jamoasi NASAning “Buyuk g’oyalar” tanlovi doirasida Kobra deb atalmish robotini namoyish etdi. Apparatlar kraterlarga kirib, chiqa oladigan, ekstremal ob-havoga chidamli bo’lishi lozim.

Hakamlar hay’ati Kobra qanday ishlashishi ko’rish uchun Kaliforniyaning olis cho’liga bordi.

“Biz taklif etayotgan yechimlarga shubha bilan qarashayotgan edi”, - deydi Ketano.

Robot dizayni oddiyligi bilan ajralib turadi. Ilon kabi harakatlanadi, boshi va dumi bir-biriga bog’lanadi, dumalaydi.

Mukofot puli bilan keladigan NASA tanlovida o’nlab universitetlardan talabalar qatnashmoqda. Oyga qaytish bo’yicha bo’lajak missiyalar uchun innovatsion g’oyalar kerak.

Shimoliy-sharqiy universitet jamoasining Kobra apparati Oydagiga o’xshash sharoitda, qum ustida harakatlana oladi. Tadqiqotlar uchun, jumladan Oyda muz va suv qidirishga mo’ljallangan.

“Oydagi kraterlarning tubiga tushib, muz va suv qidira oladigan robot yoki transport vositasi hozirgacha safarbar etilmagan”, - deydi Alirizo Ramazoniy.

Professor Ramazoniy Shimoli-sharqiy universitet jamoasiga maslahatchilik qiladi. Haqiqiy organizmlarga taqlid qiluvchi robotlarni loyihalash tajribasi bor.

“It va ko’rshapalakka o’xshagan robotlarni yaratgan u. Bizning loyihaga ham jalb qildik”, - deydi Ketano.

Ramazoniy ilonsimon robotning oddiy dizayni hakamlarga xush kelishiga umid qilgan.

“Robotimiz 25 metr balandlikdan pastga dumalab tushgani ularni hayratda qoldirdi. Energiya sarfi ham oz, 10-15 sekundda tushib keldi”, - deydi professor.

Kobra arzon hamdir.

“Fazodagi variantini 100-200 ming dollarga qursa bo’ladi. Bitta emas, bir nechtasini uchirish mumkin”, - deydi Ramazoniy.

Shimoli-sharqiy universitet jamoasining Kaliforniya cho’lidagi namoyishi ularning dizayniga ishonchni yanada oshirgan ko’rinadi. Ular NASA tanlovining 2022-yilgi g’oliblaridan biriga aylandi. Yaqin kelajakda esa Kobra “SLS” raketasida Oyga uchsa ham ajab emas.

“Hakamlarning so’zlariga ko’ra, bizning dizayn kosmik tadqiqotlarda burilish yasaydi”, - deydi Ramazoniy.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG