Breaking News

Qilichdoro'g'li G'arb bilan aloqalarni tiklashni va'da qilyapti


Kamol Qilichdoro'g'li
Kamol Qilichdoro'g'li

Turkiyada birlashgan muxolifatdan prezidentlikka nomzod Kamol Qilichdoro’g’li ayrim ijtimoiy so’rov natijalariga ko’ra amaldagi rahbar Rajab Toyib Erdog’andan oldinda ketmoqda. Qilichdoro’g’li g’alaba qozonsa, G’arb bilan darz ketgan aloqalarni tiklashga so’z bermoqda.

Xalqaro hayot - 19-aprel, 2023-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:12:50 0:00

“G’arbga qarab siyosat yuritish yangi ma’muriyat uchun dastlabki ustuvor yo’nalishlardan biri bo’ladi. AQSh, NATO, Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarga e’tibor beriladi”, - deydi O’kan universitetidan siyosatshunos Zaynab Olimdor.

Erdog’anning Rossiya bilan energetika va qurol-yarog’ sohasidagi hamkorligi Turkiyaning G’arbdagi ittifoqchilar bilan aloqalariga putur yetkazmoqda. Anqara Shvetsiyaning NATOga a’zo bo’lishiga ham to’siq qo’ymoqda. Ayrim kuzatuvchilar nazarida, Erdog’an o’z tashqi siyosati bilan Moskva tegirmoniga suv quymoqda.

“Rossiya Turkiyani rusparast deb bilmaydi, aksincha ashaddiy turkparast deb biladi. Ammo shu bilan birga Anqarani g’arbparast deb ham ko’rmaydi. Bu esa Moskva maqsadlariga mos kelayotgan muhim omillardan biri”, - deydi Bonn universiteti professori Zaur Gasimov.

Turkiya iqtisodiyoti rus yoqilg’isi va sayyohlariga tobe, Anqara Suriyada Rossiya bilan hamkorlik qilishga majbur.

“Rossiya bilan aloqalarni muvozanatda ushlab turish oson bo’lmaydi. Ayniqsa ikki mamlakat o’rtasidagi iqtisodiy bog’liqlik hisobga olinsa. Ba’zilar Yevropa Ittifoqi bilan aloqalar yangilanishiga, yaxshilanishiga umid qilmoqda, ayniqsa yashil energiyaga o’tishda”, - deydi Olimdor.

Yevropa Ittifoqi Turkiyada inson huquqlari bilan bog’liq ahvol yomon ekaniga ishora qilib, Anqaraning tashkilotga a’zoligini bir necha yil oldin muzlatib qo’ygan edi. Hozirgi aloqalar ehtiyojga qarab olib borilmoqda. Masalan, Yevropa Ittifoqi bergan pul evaziga Turkiya suriyalik qochqinlarga boshpana bergan.

Qilichdoro’g’li Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga a’zoligini jonlantirishga qaratilgan, huquqlarga asoslangan yangi konstitutsiya va’da qilmoqda. Biroq ayrim kuzatuvchilar G’arb Turkiyaning bunday diplomatik o’zgarishiga tayyor bo’lmasligi mumkin, deydi.

“Vashington ham, Yevropa ham Erdog’andan keyingi dunyoga tayyor emas. Vaqt o’tib yangi hukumatga ular nimanidir taklif qilishga majbur bo’ladi. Masalan, Yevropa Ittifoqiga a’zolik bo’yicha muzokaralarni yoki Turkiya bilan transatlantik ittifoqni jonlantirishni”, - deydi Vashingtondagi Brukings institutidan Asli Oydintoshbosh.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG